Xususiy universitet delegatsiyasi Yevropada

Date:

Surxondaryo viloyatida birinchi litsenziyaga ega xususiy oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan Termiz iqtisodiyot va servis universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va talabalari Chexiya davlatida bo‘lib, “Yevropa universitetlarida zamonaviy ta’lim yutuqlari va texnologiyalari” mavzusida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida ishtirok etishdi.
Shuningdek, o‘quv amaliy mashg‘ulotlarida ishtirok etib, Yevropaning zamonaviy oliy ta’lim tizimi, uning samaradorligi va yangi texnologiyalari bilan tanishishdi. Yevropalik professor-o‘qituvchilar, malakali mutaxassislar bilan o‘zaro tajriba almashishdi.
Tashrif davomida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda Chexiya Respublikasi poytaxti Praga shahrida joylashgan, ko‘p yillik tajribaga ega Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ilmiy, o‘quv-uslubiy yo‘nalishlarda aloqalarni yanada kengaytirish, kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda o‘quv darsliklari yaratish masalalarida kelishuvlarga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun