Ota duosi

Date:

Uyda ota-bola suhbatlashib o‘tirar edi, to‘satdan kimdir eshikni zarda bilan taqillatibdi. O‘g‘il eshikni ochibdi. G‘azabnok bir kishi turgan ekan. U ichkariga kirib na salom-na alik, cholga qarab baqira ketibdi:
— Qarzingizni qaytaring. Uzoq kutdim. Sabr kosam to‘ldi. Pullarimni bering! — debdi.
Otasining bunday noqulay ahvolga tushib qolganidan o‘g‘il xafa bo‘libdi, ko‘zlaridan yoshlari quyilibdi. So‘ng kelgan kishiga
— Otamni o‘z holiga qo‘ying, pulingizni men beraman. — debdi-da xonasiga kirib pullarni olib chiqibdi va:
— Mana pul, oling. Xudo xohlasa qolganini ham tez orada to‘laymiz, — debdi.
Bechora ota yig‘lab yuboribdi va qarzini so‘rab kelgan kishidan pullarni o‘g‘liga qaytarishini so‘rabdi. Pulni olgan kishi cholning gaplariga e’tibor qilmay xonadan tezda chiqib ketibdi. O‘g‘il uning ortidan chiqib, otasiga boshqa qarz masalasida murojaat qilmasligini, o‘ziga aytishini iltimos qilibdi.
So‘ng otasining yoniga kelib, uning peshonasidan o‘pib:
— Otajon, bu pullar sizdan aziz emas! Qolgan ishlar vaqt-soati bilan bo‘ladi, — debdi.
Qari ota o‘g‘lini quchoqlab, o‘pib qo‘yibdi:
— Alloh sendan rozi bo‘lsin, o‘g‘lim! Ishlaringni o‘nglasin! Xatolaringni kechirsin!
…Ertasi kuni yigit terga botib ishlar ekan, anchadan beri ko‘rishmagan do‘stlari yoniga kelibdi. Salom alikdan so‘ng ularning biri:
— Do‘stim, kecha bir boy-badavlat, katta tadbirkorlardan bo‘lgan tanishim bilan suhbatlashgan edim. U mendan ishonchli, omonatdor, xulq-atvori go‘zal, xolis va ishini uddasidan chiqadigan qat’iyatli yosh yigit topib berishimni so‘radi. Men sendan boshqa bunday sifatlarga ega insonni tanimayman. Nima deysan, shu ishga kirishasanmi? Kel, ishingni tezroq tugat, kechki tomon o‘sha tadbirkor bilan uchrashamiz.
Yigitning ko‘zlari quvonchdan porlab ketibdi:
— Bu otamning duosi! Allohga hamd bo‘lsin, ijobat qildi, — debdi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TISU talabalari o‘qishni Turkiyada davom ettiradimi?

Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin deyishganidek, til o‘rganishda ham...

Pilla mavsumiga start berildi

Joriy yil pilla hosili uchun birinchi mavsumga start berildi....

Ijodkor yoshlar bellashdi

Ijodkor, qo‘liga qalam tutib, nasr yoki nazmda ijod qilishni...

Mehmonlar yuksak saviyada kutib olinadi

Joriy yilning 1-7-may kunlari “Boysun bahori” xalqaro festivali bo‘lib...
KunTun
KunTun