Sobiq mehribonlik uyi o‘rnida…

Date:

Mehribonlik uyida tarbiya topayotgan o‘g‘il-qizlar ota-onalar qaramog‘iga olinib, oilalarda tarbiya topa boshlagach, “Mehribonlik uy”lari faoliyati ham to‘xtatilganidan xabaringiz bor. Xo‘sh, butun bir “Mehribonlik uyi” foydalanilmay yotadimi degan haqli savol tug‘ilishi tabiiy. Yo‘q, albatta, Termiz shahridagi sobiq 12-sonli “Mehribonlik uyi” binolarini moslashtirish orqali 288 o‘rinli ixtisoslashtirilgan maktab internati tashkil etish uchun 6,7 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu binoga tashrif buyurib, qurilish ishlariga start berdi. Mavjud binolarni moslashtirish, qurilish-ta’mirlash va rekonstruktsiya ishlarini sifatli amalga oshirish, maktabda o‘quvchilarning ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun