“Zakovat”ning bilimdonlari aniqlandi

Date:

Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va bilimga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishda “Zakovat” intellektual o‘yinlari muhim o‘rin tutmoqda. “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida o‘tkazilgan Surxondaryo viloyat bosqichida viloyatning 15 ta tuman va shahridan kelgan jamoalar o‘zaro bilim va tafakkurda bellashdi.Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin — Termiz tumanining “Uchqizil” mahallasi jamoasi;

2-o‘rin — Termiz shahrining “Mehrobod” mahallasi jamoasi;

3-o‘rin — Bandixon tumanining “Navro‘z” mahallasi jamoasi.

G‘olib jamoa endilikda “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasidagi “Zakovat” intellektual musobaqasining respublika bosqichida Surxondaryo viloyati sharafini himoya qiladi. Musobaqa yoshlarning bilim, tafakkur va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun