Xavfsizlik — birinchi o‘rinda

Date:

Bugungi kunda yangi bino va inshootlar qurilishiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, ko‘p qavatli uy-joylar barpo etish, mavjud turar joylarni rekonstruksiya qilish ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilayotgani yurtimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirmoqda. Buni Surxondaryo viloyati misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Hududda zamonaviy bino va inshootlar qad rostlab, aholining yashash sharoitlari tobora yaxshilanmoqda.
Albatta, bunday bunyodkorlik ishlari har birimizni quvontiradi. Biroq, “tanganing ikki tomoni bor” deganlaridek, qurilish jarayonlarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Shaharsozlik sohasi profilaktikasi bo‘limi inspektorlari tomonidan qurilish obyektlarida muntazam nazorat va tushun-tirish ishlari olib borilmoqda.
Jarayon davomida quruvchilar, muhandislar hamda boshqa ishchi-xizmatchilarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish zarurligi tushuntirilmoqda. Xususan, qurilish hududida yonuvchi modda va materiallarni saqlamaslik, vaqtinchalik yashash joylarida nosoz yoki qo‘lbola gaz ballonlari va elektr jihozlaridan foydalanmaslik, elektr simlarining soz holatda bo‘lishini ta’minlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, qurilish maydonida tartib-intizomni saqlash, texnikalarni to‘g‘ri joylashtirish, kirish-chiqish yo‘laklarini to‘sib qo‘ymaslik, harakatlanish uchun qulay sharoit yaratish muhimligi ta’kidlanmoqda. Eng asosiysi, qurilish hududiga begona shaxslar, ayniqsa yosh bolalarning kirishini cheklash orqali ularning hayoti va salomatligini asrashga alohida urg‘u berilmoqda.
Bunyodkorlik ishlari bilan bir qatorda xavfsizlik choralariga rioya qilish — har bir qurilish obyektining ajralmas qismi bo‘lib, inson hayoti va mol-mulkini asrashda muhim omil hisoblanadi.

A.Abdullayev,
Viloyat FVB SHSPB inspektori,
katta leytenant
H.Bo‘ronov,
Viloyat FVB SHSPB inspektori,
katta leytenant

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun