Fonogrammadan foydalanish cheklanadi.
Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan moliyalashtiriladigan barcha konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslardan davlat boji undirilmaydi.
Prezident farmoni bilan, 2025-yil 1-maydan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslardan davlat boji undirilmaydi.Kam taʼminlangan oilalarga elektr va gaz toʻlovlarining bir qismi kompensatsiya qilib beriladi.
Fuqarolar yigʻini raislari Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida oilaviy mediatsiya ishlari boʻyicha professional mediatorlikka bepul oʻqitiladi.
Buzilayotgan turar va noturar joy obyektining bozor qiymati toʻliq qoplab beriladi.
“Ijtimoiy daftarlar”da turuvchilarni davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish xarajatlari qoplab beriladi.
Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga nafaqa toʻlanadi.
Yangi elektromobillar uchun utilizatsiya yigʻimi oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, utilizatsiya yigʻimi 2 xil miqdorda boʻladi.
Mahsulot va xizmatlarni “Halol” belgisi bilan markirovkalashga ruxsat beriladi.Bu bilan Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan vakolat berilgan sertifikatlashtirish organlari shugʻullanishlari mumkin.Ishsiz fuqarolar 35 turdagi bozori chaqqon kasblarga bepul oʻqitiladi.
Bunda yosh chegarasi chegaralanmagan. Vaucher tizimi uchun ham hech qanday haq olinmaydi. Oʻqish jarayoni qancha muddat davom etishidan qatʼiy nazar, xarajatlar 100 foiz toʻlab beriladi.