Eʼzoz-u ardogʻdasiz

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda oʻtkazildi. Opa-singillarimiz, goʻzal ayollarimiz eʼtirof-u eʼzoz topdi. Jarqoʻrgʻon tumanida bayram shukuhi hukmron. Sana munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tantanali marosimda mehnat faxriyalari, faol tadbirkor va ishbilarmon ayollar, o‘qituvchi va shifokorlar hamda yoshlardan iborat katta jamoa ishtirok etdi.

Tadbirni ochib bergan tuman hokimi E. Avazov ayollarni ushbu qutlug‘ sana bilan qutlagan holda barcha sohalardagi ayollarni faol ishtirokini alohida e’tirof etdi. Shuningdek, mamlakatimizda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar borasida ham so‘z yuritdi.

Bayram ishtirokchilari uchun tashkil etilgan dasturxonda milliy taomlar tortildi, tadbir mehr-oqibat, samimiyat va shodiyona ruhida o‘tdi. Jarqo‘rg‘on ahli uchun bu kun nafaqat ayollarni e’zozlash, balki ularning mehnatiga hurmat bajo keltirishning yana bir ifodasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar garovi

Har bir bola sifatli ta’lim-tarbiya olish va o‘z qobiliyatini...

Qulaylik yaratildi

Aholiga sifatli va tezkor veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishda mutaxassislarning zarur...

Mehnat ortidan farovon hayot

Mehnat — farovonlik va baraka manbai. Buni nafaqada bo‘lishiga...

Shahnoza Haydarova — Osiyo chempioni

O‘zbekiston yoshlar sportida yana bir yorqin natija! Osiyo chempionatida...
KunTun
KunTun