Nasiba

Date:

Bozorda karamlarning so‘ligan barglarini tozalayotgan amakidan “Shu barglarni quyonlarimiz uchun olsak maylimi?” deb so‘radi ko‘rinishidan soddalik ufurib turgan ayol yonida besh yashar iltijoli boqib turgan qizalog‘ini qo‘lidan ushlab turgan holda.
– Olavering, baribir chiqindiga olib ketishadi, — dedi iltifotli amaki.
Ona bola quyonlari uchun karam barglarining saralarini terib, xaltalarini to‘ldirishdi va qayta-qayta rahmat aytishdi.
Kechqurun karam sho‘rva ichib o‘tirgan qizcha:
– Oyijon, bizning quyonlarimiz yo‘q-ku, – dedi.
– Sen mening quyonchamsan, bolajonim, – deb qizining burnini chimchilab qo‘ydi ona.
– Unaqada ertaga quyonchangiz uchun bozordan nima so‘raymiz, – dedi qizaloq o‘zini quyonchadek tasavvur qilib.
– Ertaga jo‘jacham uchun novvoyxonadan tandir ushlamagan nonlarni so‘raymiz, – dedi ona o‘zining g‘amginligini berkitish uchun jilmayib.
– Oyijon, bugun siz bilan ishga boray, polni artishga yordam beraman, shunda kechga qolmasdan birpasda bo‘lamiz, – qizaloq ham xushchaqchaq ohangda oyisiga yalindi.
Ona ko‘z yoshlarini ko‘rsatmaslik uchun qizini mahkam bag‘riga bosdi. “O‘qimagan onangni kechir, bolam” deya unsiz yig‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyot ta’limida “5+1” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimi yangilanadi. 2027–2028 o‘quv...

Yo‘l bo‘yidagi xizmatlar salohiyati oshirilmoqda

Angor tumanida M-39 xalqaro avtomobil yo‘li bo‘yida xizmat ko‘rsatish,...

“Vatanparvar” imkoniyatlari yoshlar nigohida

Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi faqat nazariy tushunchalar bilan emas, amaliy mashg‘ulot...

“Afg‘on shamoli”: olimlar yechim izlamoqda

Xitoyning Sian arxitektura va texnologiya universitetida Xitoy, O‘zbekiston va...
KunTun
KunTun