TerDUda 3 ta bino barpo etilib foydalanishga topshirildi…

Date:

Termiz davlat universitetida Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida 700 o‘rinli talabalar turar joyi, 750 o‘rinli ilmiy-tadqiqot markazi hamda sport majmuasi barpo etilgan binolari foydalanishga topshirildi. Zamonaviy ilmiy-tadqiqot markazida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, nuroniylar, OAV, bloger hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Jumladan, bundan sakkiz yil muqaddam janubdagi vohada bittagina oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritib, o‘n mingga yaqin yigit-qiz o‘zlari tanlagan kasb sirlarini o‘rgangan bo‘lsa, ayni paytda beshta davlat va bitta nodavlat oliy ta’lim dargohi yoshlarning o‘zlari tanlagan kasblarini chuqur o‘rganishiga xizmat qilmoqda. Ayni paytda mazkur oliy o‘quv dargohlarida 70 mingdan ortiq yigit-qiz fan sirlarini mukammal o‘rganayotir.
Viloyatda yetmish yillik tarixga ega Termiz davlat universiteti yildan-yilga rivojlanib, yangi yo‘nalishlar tashkil etilmoqda. O‘quv muassasasida 13 ta fakultet, 44 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularda 700 dan ortiq professor-o‘qituvchi 20 mingdan ziyod talabaga ta’lim bermoqda.
Pedagoglarning 250 dan ortig‘i ilmiy darajaga ega. Shuningdek, davlatimiz rahbari mamlakatimizning boshqa hududlari qatori Surxondaryo viloyatida ta’lim, shu jumladan, oliy ta’limni jahon standartlari asosida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida foydalanishga topshirilgan Ilmiy-tadqiqot markazi ham Prezidentimizning 2021-yil oktyabr oyida surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvida ilgari surilgan taklif asosida bunyod etildi.
Aytish joizki, uchrashuvda Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqotchisi Aziza Xolboyeva yirik oliy ta’lim muassasasida kimyoviy tahlillar o‘tkazish laboratoriyasi yo‘qligi uchun professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar qimmatli vaqtlarini sarflab, bu ishni poytaxtdagi laboratoriyalarda amalga oshirayotganini aytgan va Termizda zamonaviy laboratoriyalar majmuasidan iborat ilmiy-tadqiqot markazini qurishni taklif etgan edi.
Mamlakatimizda yagona bo‘lgan yetti qavatli zamonaviy markaz 750 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, uni qurish uchun universitetning byudjetdan tashqari daromadi hisobidan 26,6 millard so‘m mablag‘ sarflandi. Qiymati 30 milliard so‘mlik laboratoriya asbob-usunalari bilan jihozlangan markazda 8 ta ilmiy laboratoriya faoliyat yuritadi. Shu jumladan, “Neft va gaz kimyosi”, “Polimerlar va qurilish-kompozitsion materiallar”, “Fizik-kimyoviy tadqiqotlar”, “Agro-eko monitoring va agrotexnologiyalar”, “Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar”, “Arxeologiya sohasining turli laboratoriyalari”, “Mahsulotlar sifatini baholash va sertifikatlash bo‘limi” hamda “Hududiy tadqiqotlar markazi” faoliyat yuritadi. Bu laboratoriyalardan oqilona foydalanish talaba va magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish, ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarib, tijoratlashtirishda ham muhim o‘rin tutadi.
— Hammamiz bilamizki, yangi qurilgan tom yog‘ochlarni termit hashorotlari yeb qanchadan-qancha aholi aziyat chekmoqda. Ayniqsa, Termiz tumanida termitlarning ko‘pligi boisi bunday holatlar ko‘p uchrab turadi. Ana shunday ko‘ngilsizliklarni hamda yong‘inning oldini olish uchun yosh olima sifatida hozirgi kunda yog‘och qurilish materiallarini termitlardan himoyalovchi va favqulotda vaziyatlarning oldini olish uchun yong‘in bardoshligini oshiruvchi antipremen hamda antiterment mahsulotini tayyorlab ustidan ilmiy ishlarini olib boryapman. Bu mahsulotlarni eritmasini sepgich aparatlar bilan tom qismiga yoki bo‘lmasa, yog‘ochga sepilsa, favqulotda vaziyatlarning oldi olinib, shu bilan bir vaqtda termitlardan himoya qilingan bo‘lardi. Bundan tashqari, mahsulot uchun Intelektual mulk markaz tomonidan ixtiro patenti berilgan, — deydi Termiz davlat universiteti ilmiy tadqiqotchisi Aziza Xolboyeva.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mustaqilligimizning 33 yillik qutlug‘ to‘yi va yangi o‘quv yiliga munosib tuhfa qilingan qiymati 3,4 milliard so‘mlik yangi sport majmuasida bo‘lg‘usi chempionlar sportning kurash va dzyudo turlari bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
700 o‘ringa mo‘ljallangan 9 qavatli talabalar turar joyi binosini bunyod etib, jihozlash uchun 15,5 milliard so‘m universitet mablag‘i, 15,5 millard so‘m davlat subsidiyasi sarflangan. Yangi talabalar turar joyida yoshlarning o‘quv mashg‘ulotlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, dam olishi, madaniy xordiq chiqarishi, ovqatlanishi uchun barcha qulaylik mavjud. Tadbir ishtirokchilari yangi binolarda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Migrantlar mahalladoshiga skuter sovg‘a qilishdi…

Azal-azaldan yurtimizda mahalla-ko‘y orasida qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ orasida mehr-oqibat, sahiylik,...

“Bobotog‘ yoshlari festivali” o‘tkazildi

Yoshlarning har daqiqasi foydali va munosib o‘tishi kerak. Oltinga...

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi

Kambag‘allik ishsizlik, bekorchilikdan, birinchi qadamni tashlashga cho‘chishdan kelib chiqadi....

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlasak…

Bugun negadir ajrimlar, oilaviy nizolar haqida bot-bot to‘xtalamiz. Muammoning...
KunTun
KunTun