O‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Date:

Surxondaryo viloyati da ikki institut negizida bitta – Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etilishidan xabardormiz. Ushbu universitet o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi katta tantanalarga ulanib ketdi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Ushbu marosimda ishtirok etdi. Mazkur o‘quv binosi 1 000 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 38,6 milliard so‘mni tashkil etadi.Viloyat rahbari o‘quv binosida yaratilgan sharoitlar, uning kelgusidagi faoliyati yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Davlatimiz rahbarining ta’limga qaratayotgan yuksak e’tibori natijasida yoshlar uchun shunday zamonaviy binolarda tahsil olish imkoniyati yaratilayotganligi, bundan samarali foydalanish lozimligi ta’kidlandi.Yangi o‘quv binosida universitetning 6 ta yo‘nalish talabalari tahsil oladi. Ular uchun o‘quv binoda 8 ta ma’ruza, 10 ta seminar-amaliy, 28 ta laboratoriya mashg‘ulot va 1 ta robotatexnika xonalari tashkil etilgan. Shuningdek, “Ilg‘or muhandislik maktabi”, Geologiya muzeyi, Ilmiy Kengashlar zali, intelektual o‘yinlar va munozara debat klubi ham ushbu binoda joylashadi..

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun