Ota-onasi har yili yozda poezdda o‘g‘illarini buvisining yoniga olib borar va bir necha kundan keyin yana poezdda qaytishardi. Biroz katta bo‘lganida bola ota-onasiga:
– Endi katta bo‘ldim, bu yil buvimning yoniga bir o‘zim borsam bo‘ladimi, nima deysizlar dedi? Biroz bahslashishdan keyin ota-onasi bahamjihat fikr bildirishdi. Poyezd bekatida o‘g‘illariga qo‘l siltab, kuzatib, vagon oynasidan qayta-qayta ehtiyot bo‘lishini uqtirishar ekan, bola yana o‘sha gaplarni takrorladi:
– Ha, bilaman, bilaman yuz marta aytdingiz..!
Poyezd harakatlanayotganida otasi:
– O‘g‘lim, mabodo, o‘zingni yolg‘iz his etsang, bezovtalansang yoxud qo‘rqsang, bu sen uchun, — dedi va o‘g‘lining cho‘ntagiga bir nima qo‘ydi.
Va bola endi bir o‘zi qoldi. Atrofda begona odamlar, qoqinib-surtinib kulishar, kupega kirib-chiqardilar. Vagon nazoratchisi bolaning biletiga qarab, bir o‘zi safarga chiqqanini so‘rab savol berdi. Kimdir unga achinib qaradi. Bolaga imo-ishora qilib shivir-shivir qilganlar bo‘ldi. Bola birdaniga behuzur bo‘ldi va har nigohdan xotirjamligi qocha boshladi.
Boshini quyi soldi, o‘rindiqning bir burchagida o‘tirib qoldi va ko‘z yoshlari quyilib kela boshladi. Shu paytda otasi cho‘ntagiga bir narsa qo‘yganini esladi. Qo‘llari titrab kichkina qog‘oz parchasini topdi va ochdi. Qog‘ozda shunday yozilgandi:
“… O‘g‘lim, biz oxirgi vagondamiz!”
Bolalarning uchishiga izn berishimiz, ularga ishonch bildirishimiz kerak, ammo ular hayotga quchoq ochganlarigacha oxirgi vagonda bo‘lishimiz kerak…
Katta hayotga ilk qadam
Date: