Sayyor qabul: 46 ta murojaat joyida ijobiy hal qilindi

Date:

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i tomonidan boshqarma sohasiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Denov tumanida sayyor qabul tashkil etildi.


Sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslarni qiynayotgan muammolar tinglanib, ular o‘rtaga tashlagan masalalarga yechim izlandi. Qabul chog‘ida muruvvat internat uylari (keksalar va yolg‘iz keksalar uchun internat uylari bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar)ga joylashtirish, ijtimoiy ta’minot xodimlari faoliyati, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalarni parvarishlash nafaqasi, I guruh va 16 yoshgacha nogironligi bor shaxslar parvarishiga muhtojlarga qarab turganligi yuzasidan xulosa olish, reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash, tibbiy-mehnat ekspertizasi va nogironlikni belgilash kabi muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi.


Tumandagi Sanoatchilik, Qo‘zichog‘li, Yangi Xazarbog‘, Jamatak, Guliston, Bahoriston mahallalari va boshqalardan jami 50 dan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Tumandagi Sanoatchilik mahallasida yashaydigan Mayram Burxonova turmush o‘rtog‘i mustaqil yura olmayotganiga bir necha yil bo‘lib qolgan. Sayyor qabulga kelib, qo‘ltiq tayyo olib berish uchun imkoniyatlari yetmayotganini ma’lum qildi. Shu joyning o‘zida qo‘ltiq tayoq bilan ta’minlandi. Axmad Normurodov “Guliston” mahallasida yashab keladi. Mustaqil yurishga qiynaladi. Qabuldagi murojaati asosida yangi aravachani topshirildi. Bahoriston mahallasida yashovchi nogironligi bor Normurot Po‘latov hassa va eshitish moslamasi so‘rab qilgan murojaati ham joyida hal etildi.


Bugun mamlakatimizda “xalq davlat idoralariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan ezgu tamoyil asosida barcha turdagi murojaatlar e’tibor bilan tinglanib, o‘rtaga tashlanayotgan muammolar hal etilmoqda. Fuqarolarning hayotdan rozi bo‘lib yashashi uchun mablag‘ masalasida ham mahalliy hokimliklarda imkoniyat bor. Moddiy yordam ko‘rsatish yoki nogironligi bor shaxslarni aravacha, qo‘ltiqtayoq, eshitish moslamalari va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlashda faqat homiylarga suyanib qolinmayapti. Mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismidan Kengash deputatlari fikri inobatga olinib, hudud va aholi manfaati uchun foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Bunda aholi salomatligi, ijtimoiy himoyasi uchun ajratilayotgan mablag‘ miqdori yil sayin ortib bormoqda. Shu bois endilikda mahalliy hokimlar va boshqa mutasaddi rahbarlar, deputatlar xalqning oldiga chiqib, dardini eshitishdan cho‘chimaydi, qochmaydi.


Viloyatning eng olis va chekka tumanida tashkil etilgan sayyor qabulda 50 ga yaqin fuqaro murojaat etdi. Ularning 40 tasi joyida hal qilindi. Yechimi vaqt talab etadigan murojaatlar yuzasidan muddat belgilanib, ijrosi qat`iy nazoratga olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

MIB xodimi jahon chempionatida…

Inson qaysi sohada faoliyat yuritmasin, qiziqishlari uni tark etmaydi....

Murosasiz bahslarda…

Maydonga tushadigan har bir sportchi raqibini yengib, g‘olib bo‘lishni...

Ilk bor urib turgan yurak ko‘chirildi

Italiyaning Paduya shahrida dunyoda birinchi marta urib turgan yurak...

“IIB bog‘i” tashkil etildi

Atrofimiz yashillikka burkansa, buning insoniyatga, ekologiya va tabatga ta’sorini...
KunTun
KunTun