Chiqindi muammosi tartibga solingan

Date:

Ko‘chada ketayotib suv ichdingiz yoki shirinlik yedingiz, ulardan chiqqan chiqindini nima qilasiz? Variantlarni aytadigan bo‘lsak, chiqindi soladigan quti qidirasiz yoki odamlarning ko‘zini shamg‘alat qilib, e’tiborsizlarcha yerga uloqtirib qo‘ya qolasiz. Ikkinchi variantni takrorlaydiganlar soni oshsa, bormi, shahrimiz, butun dunyo chiqindixonaga aylanishi aniq. So‘zimiz boshlanganidan buyon chiqindi tashlash muammosi haqida bosh qotiryapmiz. Xolbuki, dunyoda biz tashlaydigan chiqindilardan turli maqsadlarda qayta foydalanishayotir. Shu tariqa chiqindi muammosi tartibga solingan va tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Xo‘sh, chiqindini qanday qilib va nima uchun saralash kerak? Ushbu savolga javoban aytish mumkinki, ko‘pchilik chiqindining fuqarolar tomonidan saralanishi chiqindi tashish mashinalari xodimlari tomonidan uning talablariga rioya qilmasligi sababli foydasiz bo‘lishi mumkin deb o‘ylaydi. Aslida unday emas. Xususiy korxonalar tomonidan har kuni qayta ishlash uchun ajratilgan qog‘oz, shisha, plastmassa, to‘qimachilik va boshqa turdagi chiqindilar chiqindi yig‘ish punktlaridan olib chiqilmoqda.
Saralangan chiqindilar esa ikkinchi bor foydalanish uchun qayta ishlash jarayoniga jo‘natiladi. Qarabsizki, biz e’tiborsizlarcha uloqtiradigan, foydalanib, chiqindi deb tashlaydigan keraksiz narsalar qayta va qayta foydalanishga kiritilaveradi. Aks holda ba’zi xorij filmlarida tomosha qilganimizdek, kichik-kichik orollar chiqindi olib borib tashlanaverganidan chiqindizorga aylanib qolib, ekologiyani zararlayotgan bo‘lardi…

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun