“Yashil energiya”dan foydalanamiz… mi?

Date:

Istaymizmi-yo‘qmi, ertami-kechmi biz foydalanib kelayotgan tabiiy boyliklar ham tugaydi. Bu esa “Yashil energiya” innovatsion loyihalarini amalga oshirishga ehtiyoj tug‘diradi. Yashil energiyaning-da qator afzalliklari borki, buni rad etib bo‘lmaydi. Eng avvalo, ular ifloslantirmaydi va bitmas-tuganmas. Ular ishlab chiqaradigan chiqindilar uchun kuzatuv rejalariga ehtiyoj sezmaydilar. Ular tijorat va aholi yashash joylarida ko‘proq avtonomiyalarni yaratadilar. Chunki, energiya talabi quyosh energiyasi bilan qoplanishi mumkin. Qolaversa, bu orqali ko‘proq ish joylari yaratiladi. Asosiysi, yashil energiya odamlar sog‘lig‘iga hech qanday tahdid solmaydi, shuningdek, flora va faunaga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Shu maqsadda yurtimizda YTTB bilan “Yashil energiya” sohasiga innovatsion loyihalarni keng joriy etish masalasi muhokama qilindi. Chiqindilarni boshqarish sohasidagi ishlar va ushbu yo‘nalishda investitsion salohiyat yanada oshiriladi. Shuningdek, chiqindilarni boshqarishda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha texnik iqtisodiy asosni ishlab chiqishga ham e’tibor qaratiladi. Qolaversa, “Yashil energiya” sohasiga innovatsion loyihalarni keng joriy etish, iqlim o‘zgarishining oldini olish bo‘yicha strategik muhim dasturlarni ishlab chiqish masalasi ham inobatga olingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun