Tarbiya nega susaydi?

Date:

«Otang sog‘, onang sog‘ – sen nega nosog‘» degan gaplar tez-tez qulog‘imizga chalinib qoladi. Bugungi kunda farzandlarimiz tarbiyasi biroz susaygan. Bu esa ota-onalar o‘g‘il-qizlarini yaxshi yedirib-kiydirib, o‘z orzu-havaslari bilan cheklanib qolmayabdimikan degan xulosaga sabab bo‘layotir? Shunday paytda ota-onalarga “to‘xtang, biroz shoshmang, hoyu havaslarga berilmang! Hamma narsani o‘z vaqti-soati bor”, degim keladi. Siz, farzandlaringiz uchun faqat ta’minotchi bo‘lib qolyapsiz, xolos.
Ertaga ular sizlardan ko‘proq narsa talab qilmasliklariga kim kafolat beradi? Tarbiya nozik masala. Uni qayeridir uzilib ketsa, butlash uchun vaqt kerak bo‘ladi. Shuning uchun farzandimizga ko‘proq vaqt ajratib, qiziqishlarini o‘rganmoq, ularga do‘st bo‘lib, to‘g‘ri yo‘lga boshlamoq lozim. Endi kurtak otayotgan nihollarini parvarish qilishda to‘g‘ri yo‘naltirmoq lozim.
Farzandimiz biz bilan faxrlanib yurishi uchun o‘zimiz bilan ko‘proq olib yuraylik va maslahatimizni ayamaylik. Mustaqil fikr bildirishiga yo‘l qo‘yib beraylik. Ertangi kunga ishonchini so‘ndirmay, aksincha, umid birla ish tutishga odatlantiraylik.
Shu o‘rinda bir qissa yodimga tushadi. Bir boy bo‘lgan ekan. Uni juda katta mevali bog‘i bor ekan. Bir kuni u chiroyli 2 ta palapon qushchalarni sotib olibdi-da, ularni mevali daraxtining eng baland shoxiga joylashtiribdi. Qushchalarni faqat 1 ta ishongan xizmatkoriga yaxshilab qarab turishi kerakligini tayinlabdi. Vaqtlar o‘tibdi, qushchalar katta bo‘libdi, ammo birortasi ham parvoz qilmas emish. Tabiblarga qushchalarni ko‘rsatishibdi, ammo foydasi bo‘lmapti.
Shunda boy barcha xizmatkorlarga narvonni qo‘yib qushlarni xaydashni buyuribdi. Hech qanday natija bo‘lmagach, boy farmoni oliy beribdi: «Kimda kim shu qushchalarni joyidan kimirlatsa, boshidan oyog‘igacha sarpo qilaman». Ko‘pchillik harakat qilib ko‘rgan, ammo foydasi bo‘lmapti. Shunda bir musofir men bir harakat qilib ko‘ray-chi, deb boyning uyiga yo‘l olibdi. Tafsilotlar bilan tanishib chiqqach, u xizmatkorlariga arra olib kelishni buyuribdi. Musofir arrani olib, shartta qushlar o‘tirgan shoxni arralab tashlabdi. Bu holni ko‘rgan xizmatkorlar boyning oldiga chopib borishibdi va bo‘lgan voqeani so‘zlab berishibdi.
O‘z ishini boyga u quyidagicha tushuntiribdi: Siz qushchalarni paloponligidan yaxshi ozuqlantirgansiz va ularga eng baland daraxtingizdan joy qildirgasiz. Ular o‘sib, endi shunday yashayverar ekanmiz deb ko‘nikishibdi. Alloh qushlarga bejizga qanot bergan emas. Men faqat ularni o‘tirgan shoxini kesdim xolos. Bu gaplarni eshitgan boy musofirga sarpo kiygizibdi.
Qissadan xissa shuki, beg‘am, tekintomoq bo‘lish insonlar hayotini jahannamga aylantiradi. Shunday ekan, farzandlarimiz tarbiyasiga be’etibor bo‘lmaylik.

S. Tashkanboyeva,
Muzrabot tumanidagi 56-maktabning oliy toifali
rus tili fani o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Boysunda piknik zonalar bor…

Bahor go‘zal fasl. Yon-atrofning ajib ko‘rinish kasb etishi kishini...

29 nafar ishsiz ishli bo‘ldi

Ishsizlarni “qayerda ish bor-u ishlasam bo‘lar ekan”, degan savol...

“O‘zimiz keldik”

Mualliflik huquqi haqida bilasizmi? Bunday huquqlarimiz qonunchilik yo‘li bilan...

Ekologik normalarga rioya qilinmasa…

Ekologiyani asrash borasida bong urayotgan bir paytda ba’zi ishbilarmon...
KunTun
KunTun