YONG‘INDAN ASRASH MUHIM…

Date:

Surxondaryo viloyati bo‘ylab g‘alla yig‘im-terimi ayni qizg‘in tus olgan. Mavsumni uyushqoqlik bilan boshlagan dala mehnatkashlarining oldida turgan muhim masalalardan biri bitta ham boshoqni isrof qilmay yig‘ib terib olishdir. Yana bir jihat borki, pishib yetilgan boshoqlarni yong‘indan asrab, xavfsizligini ta’minlash lozim. Ayni maqsadda Qiziriq tumanida Fuqaro muhofazasi boshlig‘i rahbarligida Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlari bilan hamkorlikda tuman Donni qabul qilish maskanida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Maqsad esa har xil turdagi favqulodda vaziyatlarni va yong‘in xavfsizligining oldini olishdir.

Mashg‘ulotda tuman hokimi Sh.Rajabov, otryad rahbarlari hamda sohaga daxldor tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdilar. G‘allani o‘z vaqtida, sifatli yig‘ishtirib olishda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, don mahsulotlarini yong‘indan asrash, texnikalarning shayligi muhim hisoblanadi. Shu bois o‘rim-yig‘imga jalb etilgan texnikalarning texnik sozligi, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minlanganligi ko‘rikdan o‘tkazildi.
Shuningdek, mutasaddilar, ishchi-xizmatchilar va haydovchilar o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari ogohlantirildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Murojaat muddati —huquq kafolati

Fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini sud orqali himoya qilishi...

Taraqqiyot poydevori

Respublikamiz mustaqillikka erishganidan buyon o‘tgan 35 yil davomida barcha...

EKRAN ORTIDAGI XAVF: QANDAY ALDANAMIZ?

Raqamli texnologiyalar hayotimizni yengillashtirdi. Bir necha daqiqada pul o‘tkazish,...

Seuldan Surxondaryoga: tajriba, taassurotva yangi g‘oyalar

Ta’limda yangilikka intilish, zamonaviy bilim va tajribalarni o‘zlashtirish bugungi...
KunTun
KunTun