437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Date:

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish hamda maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bugungi kunda ustuvor yo‘nalishlardan biridir. Ayniqsa, har bir o‘quv yili yakunida yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Qumqo‘rg‘on tumanidagi umumta’lim maktablarini 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorlash ishlari boshlab yuborildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan onlayn yig‘ilishda barcha tumanlarga qurilish materiallari topshirildi.

Jumladan, Qumqo‘rg‘on tumanidagi 85 ta maktabni yangi o‘quv yiliga tayyorlash uchun mahalliy byudjet hisobidan 437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi. Mazkur mablag‘lar maktab binolarini ta’mirlash va o‘quv xonalarini yaxshilash ishlariga yo‘naltiriladi.

Ushbu tashabbus ta’lim muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun