Bugun — “Avtomobilsiz kun”

Date:

Bugun erta tongdan shahar va tuman ko‘chalarida avtomobillar qatnovining odatdagidan ancha kamaygani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Buning sababi — respublika bo‘ylab “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilayotganidir.

Mazkur aksiya “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umumilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga muvofiq tashkil etilmoqda. Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan boshlab har oyning 10- va 25-sanalari “Avtomobilsiz kun” hamda “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari sifatida o‘tkazib boriladi.

Belgilangan tartibga asosan, aksiya kunlarida davlat tashkilotlari va idoralari xodimlarining xizmat avtomobillaridan foydalanishi qat’iyan taqiqlanadi. Ushbu talabga rioya etmaslik esa odob-axloq qoidalarini buzish sifatida baholanadi hamda intizomiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday tashabbuslar atmosfera havosi musaffoligini saqlash, zararli gazlar miqdorini kamaytirish hamda aholida ekologik madaniyatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ekoqo‘mita esa barcha fuqarolarni ushbu aksiyani qo‘llab-quvvatlab, sog‘lom ekologik muhitni shakllantirishga hissa qo‘shishga chaqirmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun