Vaucherlar topshirildi

Date:

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va ularning hayot sifatini yaxshilash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa, ehtiyojmand oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish orqali jamiyatda mehr-oqibat va insonparvarlik tamoyillari mustahkamlanmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi va topshiriqlariga muvofiq Qurbon hayiti munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda turli kasalliklarga chalingan bolalarning jarrohlik amaliyotlari xarajatlari “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan qoplab berilmoqda.

Shu doirada bugun Termiz tumanida istiqomat qiluvchi ikki oilaga farzandlarining jarrohlik amaliyotlari uchun maxsus vaucherlar topshirildi.

Mazkur tashabbus orqali oilalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, bolalarning sog‘lig‘ini tiklash hamda jamiyatda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun