O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2025-yil 9-aprelda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm dasturini keng targ‘ib etish masalalari belgilab berilgan edi. Ushbu tashabbus doirasida maktab o‘quvchilari uchun muhim ma’naviy va tarixiy ahamiyatga ega sayohat tashkil etildi. Maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari uchun Imom at-Termiziy hamda Al Hakim at-Termiziy majmualariga tashrif uyushtirildi. Ushbu sayohat yoshlarning tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur anglashlariga xizmat qildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar va o‘qituvchilarning xavfsizligi Yo‘l harakati xavfsizligi patrul xizmati transport vositalari tomonidan doimiy nazorat qilib borildi. Bu esa tadbirning xavfsiz va tartibli o‘tishini ta’minladi.
Tadbirning samarali tashkil etilishida Surxondaryo viloyati IIB YXXB boshlig‘i, podpolkovnik A. Mo‘minovning hissasi katta bo‘ldi. Uning fuqarolar murojaatlariga e’tiborli yondashuvi, ochiq muloqotga tayyorligi va insoniy fazilatlari ijobiy taassurot qoldirdi. Shuningdek, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari M.F, S. Boymurodova, T. Toyloqov va N. Abrayev tomonidan ham sayohatni yuqori saviyada tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Ushbu sayohat nafaqat o‘quvchilarning tarixiy bilimini oshirdi, balki davlat organlari va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning samarali namunasini ham ko‘rsatdi. Bunday tashabbuslar yosh avlodni Vatanga muhabbat, tarixga hurmat va ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Gulchehra ASHUROVA

