Shoir bilan uchrashuv

Date:

Usmon Azim bu nom engashib yashashni istamay, baland osmon qidirib ketgan tog‘lik yuragi yoniq shoirni eslatadi. U ketganida Boysunning dashti-da, unga ergashib, temiryo‘l shpallariga qoqilib, va hatto hozir ham vokzal maydonida diydirab kezib yurganga o‘xshaydi. Ha, shoirning “Dasht haqida ballada” she’ri ana shunday mazmundan hikoya qiladi, so‘zlari jarangdor, taftli. Shoir qalbidek olovli va yoniq. Chapani tuyg‘ular alangasi o‘quvchining yuragiga ong-u shuuriga ham o‘tib oladi-da, o‘sha muhitga olib kiradi.
Aslida ijod, she’r falsafasi shunday. Yonishi va yondira olishi lozim. O‘lik misralar esa pichirlash misol o‘qiladi-yu, shu onning o‘zida unutilishga mahkum.


Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azimning tashrifi, u bilan o‘tgan ijodiy uchrashuv esa talaba-yoshlarni g‘aflat uyqusidan uyg‘otib yubordi. Shoir o‘qigan she’rlar yurak-yurakkacha kirib bordi. Dildan qurilgan suhbat esa adabiyot, she’riyat haqida bo‘ldiki, ko‘ngillar mazmunli kechadan taskin topdi.
Albatta, shoirning fikri bugungi o‘zbek adabiyoti haqida ketar ekan, bugunning iqtidorli yoshlariga ulandi. O‘zining achchiq, ammo ochiq fikrlarini aytdiki, bu albatta, og‘riqli bo‘ldi. Shunday ekan, bu og‘riqlar katta maydonda qalam tutib keladigan ijodkor yoshlarning zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Ijod ishini-da jiddiy qabul qilish fursatini ko‘rsatadi.


Mana shunday ijodiy ushrashuvlar, o‘zbek adabiyotining zabardast vakillari bilan diydorlashuv yoshlarni ijodga, adabiyotga qiziqtirish bilan birga kasbiy faoliyatida o‘ziga xos maktab vazifasini o‘taydi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun