Bir quti ipak qurtidan 90 kilogramm hosil

Date:

Ipak matolar haqida gap ketishi bilan, mehnatkash pilla qurti xayolga keladi. Mitti jonivorlar o‘z hayotini garovga qo‘yib to‘qiyotgan g‘umbakdan esa ipak matosi olinadi. To‘g‘ri, bungacha bo‘lib o‘tadigan bosqichlar haqida uzundan-uzoq to‘xtalish mumkin. Ammo, nima bo‘lganda ham hozirgi ayni pilla mavsumida pillakorlarimiz katta shijoat va g‘ayrat bilan ipak qurtidan kam mehnat qilishmadi.

Hozirgi kunda ipak qurtidan yilda to‘rt marotabagacha hosil olish mumkinligi sohaning yutug‘i deyish mumkin. Qolaversa, pillani qayta ishlash korxonalarida ham zamonaviy texnologiyalar joriy etilganki, bu xomashyoning to‘liq qayta ishlanishiga xizmat qilmoqda. Asosiysi, qayta ishlangan pillaning oxirgi chiqindisidan ham oqilona foydalanish yo‘llari tayin. Ya’ni ana shunday chiqindidan parranda va baliqchilikda ozuqa sifatida foydalanilayotir.


Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Baxrom Sharipov bilan Angor tumanida faoliyat yuritayotgan “Huashen Silkworm Pro” MCHJ xorijiy qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishishdi.


Korxonada yuqoridagi kabi zamonavy texnologiyalarni ishlashi, ipak qurti urug‘ini tayyorlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shundan so‘ng, MChJning pilla qabul qilish maskanida viloyat pillakorlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv bahonasida vohamiz pillakorlarining fidokorona mehnatlari e’tirof etildi. Bir quti ipak qurtidan 90 kilogramm pilla hosili olingan pillakor mehnati rag‘bat topdi. Qolaversa, ilg‘or pillakorlarga ham sovg‘alar topshirildi. Ishlar rivojini tilagan holda urf-odat va udumlarimizga ko‘ra tadbir yakunida jonliq so‘yilib, ehson qilindi. Qurʼon tilovat qilinib, qo‘llar duoga ochildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun