Mas’uliyatsiz rahbarlar tanqid ostiga olindi

Date:

Mas’uliyatni biladigan insonga bildirilgan ishonchning o‘zi kifoya. Aks holda berilgan topshiriqlar ijrosi paysalga solinib, islohotlar samara bermay qo‘yadi. Ayniqsa, ayni topshiriqlar xalq manfaati yo‘lida bo‘lsa. Surxondaryo viloyati hokimi rahbarligida navbatdagi yig‘ilishda ayni masalaga e’tibor qaratildi va o‘z ishiga sustkashlik qilib, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmagan rahbar va mas’ullar qattiq tanqid ostiga olindi.


Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan hudud va sohalar rahbarlariga yoshlar bilan manzilli ishlash, aholi salomatligini asrash hamda “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish asosiy vazifa sifatida yuklandi hamda kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilinib, topshiriqlar belgilab berildi. Shuningdek, Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi, hududlarda faollar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarning hal etilishi, ijro intizomi holati hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. Hudud va tarmoqlar kesimida har bir masala ijrosi tahlil qilindi.


Eng yomon tomoni, AYoQShlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ko‘plab holatlarda “Ai-80” markazi avtobenzinni “Ai-95” markalisi deb sotish holatlari aniqlangan. Manfaat ilinjida birovning haqiga xiyonat qilish kechirib bo‘lmas ish. Holat yuzasidan viloyat bosh imom xatibi o‘zining munosabatini bildirdi. Yaxshiyamki, tegishli organlarga aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish, avtobenzin sotuvini munatazam nazorat qilib borish hamda kunlik AYoQShlarga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi va markasi to‘g‘risida aholini xabardor qilib borish topshirig‘i berildi.
Viloyat rahbari tadbirkorlar muammolarini hal etilishiga ham to‘xtalib, bu borada qator sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligini ta’kidladi. Ayrim rahbarlarga faoliyatida o‘zgarish yasashi lozimligi, olib borayotgan ishlari qoniqarsiz ekanligi ko‘rsatilib, ogohlantirish berildi.

S.Normurodova,
I.Mengliyev
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ro‘zg‘origa baraka inib…

Pilla deganda mittigina ipak qurtining g‘imir-g‘imir g‘umbak to‘qiyotgani, ko‘zlangan...

“Karyera kuni”: 120 nafar fuqaro ishga joylashdi

Yoshlikdan maqsadni va marrani katta olamiz. Qiziqishlarimiz baland bo‘lgan...

“Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi

Jizzax shahrida “Central Asia – 2024”: Fan, ta’lim, madaniyat...

Muzeyimiz eksponantlari dunyoning nufuzli ko‘rgazmalarida…

Ayrim rivojlangan davlatlarda muzey eshigi oldida uzoq navbatlar kutishadi....
KunTun
KunTun