Surxondaryo delegatsiyasi Vengriyada

Date:

Har bir hududning, davlatning iqtisodiy jihatdan rivojlanishida o‘ziga xos hissa qo‘shadigan soha va yo‘nalishlari bo‘ladi. Yurtimizda ham ana shunday yo‘nalishlar talaygina, ammo aholiga bunda-da keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratish maqsadida xalqaro tajribadan foydalangan holda takliflar berilsa, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizga bu yangidan-yangi sahifalarni ochib beradi. Ayni sababdan ham yurtimizda rivojlangan davlatlar bilan xalqaro aloqalarimiz yangi bosqichga olib chiqilayotir. Ayni kunlarda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Vengriya davlatida bo‘lib turibdi. Tashrifning birinchi kunida Vengriyaning qator kompaniyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, Vengriya kompaniyalari bilan Surxondaryoda baliqchilik va plastmassani qayta ishlash sohasida umumiy qiymati 37 million yevroga teng bo‘lgan yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi va tegishli hujjatlar imzolandi.
Tashrifning ikkinchi kuniga mo‘ljallangan dasturga asosan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Chongrad-Chanad viloyati Prezidenti Laslo Salgo o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Kelgusida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha deklaratsiya imzolandi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimligi va Chongrad-Chanad viloyati Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik qilish kelishuviga ham erishildi va shartnomalar imzolandi.
Xususan, “ArchEnerg Cluster” klasteri bilan quyosh energiyasi va geotermal energiyadan foydalanish, biomassani qayta ishlash, Seged universiteti va “Young Adults” MChJ o‘rtasida IT sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash, “Bonafarm” kompaniyasi va “Pomir Agroklaster” MChJ o‘rtasida zotdor chorva mollarini yetkazish, sutni qayta ishlash va mutaxassislar ko‘nikmalarini oshirish, “ECO Engineering” MChJ bilan parrandachilik kompleksi loyihasini qurish, “DOPPELMAYR” kompaniyasi va “Denov oltin don” MChJ o‘rtasida dor yo‘li loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumani va Seged shahri o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Delegatsiyamizning Vengriyaga tashrifi bugun Budapesht shahrida davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muvaffaqiyat sirlari oshkor bo‘ldi

Talabalik — baxt. Ayniqsa, dunyoning nufuzli oliygohlariga o‘qishga kirish,...

Ko‘zlangan maqsadga yetildi

Bugun yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishning yo‘llari ko‘p....

Prokuror tashabbusi bilan…

Savobli ishlardan eng kattasi daraxt ekish, masjid-u madrasalar, kutubxonalar...

Ikkinchi jahon urushi: asirlik qismati

Ikkinchi jahon urushi insoniyat o‘tmishining eng mudhish sahifalaridan biridir....
KunTun
KunTun