Vohamizda to‘qimachilik

Date:

Oʻzbekistonda toʻqimachilik sanoati uzoq tarixga ega. Qadimdan Buyuk ipak yoʻli orqali to‘qimachilik maxsulotlari Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga chiqarilgan. Lekin mayda tarqoq hunarmandchilikni birlashtirib, sanoat asosini yaratish va gazlamalar ishlab chiqarish esa faqat 20-asrning 20-yillaridan boshlandi.
Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri jahon bozoriga paxta tolasini chiqarish emas, balki raqobatbardosh ip-gazlama ishlab chiqarishni koʻpaytirishdan iborat strategiyani tanlandi. Shu maqsadda AQSH, Italiya, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlar firmalari bilan ip-gazlama ishlab chiqaradigan yangi qoʻshma korxonalar tashkil etildi. Korxonalarni chet el ilgʻor toʻqimachilik texnologiyasi bilan jihozlash boshlandi.
Ma’lumki, yengil sanoat iqtisodiyotning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Istiqlol yillarida yengil sanoat mamlakatimiz makroiqtisodiyot kompleksida munosib o‘rin egalladi. Prezidentimiz rahnomoligida yaratilayotgan qulay sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar, mustahkam me’yoriy-huquqiy baza tarmoq korxonalariga salmoqli yutuqlarga erishish va yangi marralarga chiqish imkonini bermoqda.
Bugungi kunda tarmoqning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 3,8 foiz, sanoat mahsulotlari hajmida 26,2 foiz, nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda 44 foizdan ortiqni tashkil etmoqda.
Chet el investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ilg‘or xorij tajribasi asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan samarali siyosat yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga erishishga xizmat qilmoqda.
Respublikamizda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlari Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Qirgʻiziston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Eron, Polsha, Qozogʻiston, Tojikiston, Italiya, Ukraina, Belarus, Germaniya, Ozarbayjon, Misr va boshqa davlatlarga eksport qilinmoqda. Yil boshidan 69 turdagi toʻqimachilik mahsulotlari dunyoning 17 tа davlatiga eksport qilindi. Eksport qilingan toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida paxtadan yigirilgan ip (43,5%), tayyor tirikotaj va tikuvchilik kiyimlari (16,7 %) asosiy ulushni egallagan.
Surxondaryo viloyatida hozirgi kunda quyidagi paxta to‘qimachilik ishlab chiqarish klasterlari ish foliyatini olib bormoqda jumladan: “Angor Surxon gʻururi” MCHJ, “Surxondaryo Agroxizmat” MCHJ, “Termiz Jayxun Cluster” MCHJ, “Surxon Sifat Tekstil” MCHJ, “Shoshmaxkashshob” MCHJ, Indenim Cluster MCHJ. Ushbu klasterlar paxtadan to to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Mustaqillik yillarida asosan paxta tolasi eksport qilinardi. Hozirgi kunga kelib, paxta tolasidan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar tashkil etilmoqda. Jumladan, vohamizda “Amudar textile” MChJ QK, «Suhonteks» MChJ QK, “Nortex style” MChJ XK, «Mo`min tekstil» MChJ, «Surxon sifat tekstil» MChJ, «Zamin angor cluster» MChJ, «Dream cotton textile» MChJ kabi kalava ip ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritmoqda.
Vohamizda ishlab chiqarilgan kalava iplar Rossiya, Belorussiya, Turkiya kabi davlatlarga eksport qilinmoqda. Shuningdek, respublikamiz to‘qimachilik korxonalari ehtiyoji ham qondirilmoqda. Viloyatimizdagi «Angor surxon g‘ururi» MChJ, «Zif tehtile» MChJ, «Shashmohkashob tikuvchi» MChJ, «Dream silk» MChJ, «Sewberry» MChJ korxonalari tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan birga eksport qilmoqda.
Bugungi kunda ishlab chiqarishni jadal rivojlanishi va dunyo bozorida raqabatbardosh to‘qimachilik mahsulotlari bilan ta’minlashda malakali muhandis-injinerlarning o‘rni beqiyosdir. Bu esa muhandis kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim dargohlariga hozirgi kundagi ishlab chiqarish muammolari bilan hamnafas bo‘la oladigan yetuk kadrlarni tayyorlash vazifasini qo‘yadi.

To‘qimachilik sanoati korxonalarini malakali kadrlar bilan ta’minlash oliy ta’lim muassasalari oldidagi muhim vazifa hisoblanadi. Bu vazifalarni bajarishda institutimizda yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi, tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi ta’lim yo’nalishlarida bakalavr va magistrlar ta’lim olmoqdalar.

Nurali Safarov,
Termiz muhandislik texnologiya instituti

yengil sanoat va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi mudiri

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Murojaatdan daromadga 5 qadam”

Hech kim muammosi bo‘lmasa, xalq qabuliga borib, ming bir...

Qariyalar uchun robot yaratildi

Yoshing keksayib qolganda, kimgadir muxtoj bo‘lishdan yomoni yo‘q. Tinib-tinchimas...

O‘g‘il onasini o‘ldirsa…

Ona deganda dunyodagi eng ulug‘ zor, eng yaqin va...

Viloyat hokimi Denovda

Tanimizni dard qiynasa, jarrohlik amaliyotiga ehtiyoj sezsak, shifo istab,...
KunTun
KunTun