Hasadgo‘ymasman

Date:

“Dadajonimga”, “Onajonimga” kabi yozuvlarni yozdirib, hammaga ko‘z-ko‘z qilib mashina hadya qilishayotgani ochig’i odamga erish tuyuladi. Axir ota-onamiz bizni boqib, tarbiya qilayotganlarida “Bolamga kasha beryapman”, “Cho‘miltiryapman”, “kiyintiryapman”, “Xato qilgani uchun uryapman”, “Sovchilikka borib keldim”, “Bolamni usti ochiq qolgan ekan, ko‘rpa tashlab qo‘yyapman”, “Havo sovuq bo‘lsa ham bolamni boqaman deb ishlayapman” kabi gaplarni ommaga e’lon qilmay, mehr bilan katta qilishadi-ku. Nega endi ularga yaxshilik qilayotganimizda olamga jar solamiz.
“Ibrat uchun-da” deyishga shoshmang. Har bir o‘zini musulmon deb bilgan inson ota-onasiga doim yaxshilik qilishi lozimligini biladi va imkoni darajasida farzandlik burchini, mehrini izhor etadi.
Do‘stim, bir narsani aytaymi?
Ko‘p ota-onalar farzandlari Umraga yo‘llanma yoki mashinani dabdabali, namoyishkorona hadya qilayotganda biroz noqulaylik sezishadi. Olayotgan hadyalari uchun quvonishadi, ammo ko‘pchilik tomoshabin bo‘lishi ular o‘zlarini noqulay, xijolatli his etishlariga sabab bo‘lishi mumkin. Bermang demayman. Bering, ammo shu darajada maxfiy beringki, o‘ng qo‘lingiz berayotgan kalitni chap qo‘lingiz sezmay qolsin.
Ota-onamizni boshimizda ko‘tarib yuraylik, biroq buni hamma ko‘rishi, bilishi, eshitishi shartmas. Xoliq bilsa bo‘ldi. Riyodan, maqtanchoqlikdan, savobdan quruq qolishdan qo‘rqaman, do‘stim, qo‘rqaman.
Gaplarim qalbingizga og‘ir botgan bo‘lsa, uzr so‘rayman.

Nozimjon Hoshimjon

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun