Muhammad Yusuf — el ardoqlagan shoir

Date:

“Siz sevgan shoir kim”, degan savolingizga har 10 kishidan 8 nafari “Muhammad Yusuf” deya javob beradi. Bu javobning o‘ziyoq shoir ijodiga berilgan baho demak. Xalqona yo‘lda yozilgan misralar xalq qalbidan joy olib, Muhammad Yusufni sevimli shoiriga aylantirgan. Shoirning har bir she’rida yoniqlik, tasvirlarning oddiy, ammo jozibalari tarzda bayon etilgani har bir o‘quvchining yurak torlarini chertgandek bo‘ladi. Xuddi o‘zi haqida, his-tuyg‘ulari haqida bitilgandek, ushbu she’rni yoqtirib, misralari darrov yodda qoladi.
Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasida O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Termiz shahridagi 4-umumta’lim o‘quvchilari ishtirok etdi. Chiqishlarda adib ijodidan namunalar o‘qildi, she’rlari asosida yaratilgan qo‘shiqlar ijro etildi. Muhimi, yosh tomoshabinlar Muhammad Yusufni yana bir bor o‘zlaricha kashf etib, tadbirdan bir olam taassurotlar olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun