Seminar: Surxondaryo viloyatida “Sayxunobod tajribasi” amalda

Date:

Bugungidek keng imkoniyatlar yaratilgan bir davrda ishsizman, imkonsizman deyishning o‘zi uyat. Qo‘lida hunari, kasbi bor odam o‘z yo‘lini topadi. Xonadonidagi tomorqasidan unumli foydalangan ham ro‘zg‘orini butlab, ortganini sotsa, qo‘shimcha daromad degani. Aholini jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun kerakli turtki bo‘lmish kredit mablag‘larining ajratilishi esa qo‘llovning munosib ko‘rinishidir. Sirdaryo viloyatidagi Sayxunobod tumanida esa ishsiz fuqarolar, umuman aholi uchun bu borada qulay shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilganki, ularning tajribasi ommalashsa, ko‘plab muammolarga yechim topilgan, ishsizlik tugatilib, kabag‘allikka barham berilgan bo‘ladi.
Shu maqsadda davlatimiz rahbarining joriy yil 14-mart kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifida butun respublikamiz bo‘ylab “Sayxunobod tajribasi” asosida aholini tomorqadan samarali foydalanishga o‘rgatish, bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish ishlarini joriy etish vazifasi topshirilgan edi. Bu borada Surxondaryo viloyatida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshan Gulyamov va viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Surxondaryo viloyatida “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish yuzasidan seminar o‘tkazildi. Seminar avvalida mehmonlar “Tinchlik yoshlar tadbirkorlik va sanoat zonasi” faoliyati, bu yerda yoshlarga o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Xususan, yangi biznes loyihalar uchun uskuna va jihozlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Shundan so‘ng, videoselektor shaklida o‘tkazilgan seminarda viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, boshqarma va idoralar mutasaddilari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi. Aholi tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish va tadbikorlikka jalb etish orqali bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish bo‘yicha qator imkoniyatlar yaratib berilayotganligi qayd etildi.


Xususan, joriy yildan boshlab garovsiz kreditlarni olish miqdori 100 million so‘mga oshirildi, aholini tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish maqsadida maxsus o‘qishlar tashkil etildi. “Sayxunobod tajribasi” asosida viloyatdagi barcha mahallalarda ishlar tashkil etilganligi ta’kidlandi.
Seminar yakunida tadbirkorlarning istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, kredit mablag‘lari ajratish, aholining tomorqadan samarali foydalanishi, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa uy sharoitida daromad olish mumkin bo‘lgan loyihalar uchun kredit paketlari bilan ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi. Bu borada yaxshi natijaga erishgan mahallalar, oilalar hamda tadbirkorlar tajribalarini ommalashtirish lozimligi qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanparvarlik vujudimizda

Vatanni sevish — inson tug‘ilganidan onasini yaxshi ko‘rish, o‘z...

“QALQON” HARBIY QISMDA

Termiz davlat universiteti volontyor talabalaridan iborat “Qalqon” jamoatchilik guruhi...

Talablar o‘zgardi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida Umra tadbirlarini tashkil etish va...

Statistika agentligi ISO 9001 xalqaro sertifikatini oldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qarorida belgilangan vazifalardan...
KunTun
KunTun