“Tejamkorlik — har qachongidan muhim va dolzarb”

Date:

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialida “2024-yilning 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.


Anjumanda soha xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlar ishtirok etdi. Uchrashuv tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad, imzolangan qaror mohiyati hamda uning ijro etilishi yuzasidan gaz ta’minoti filiali tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar haqida ma’lumot berishdan iborat edi.
Anjuman davomida so‘zga chiqqanlar dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 204-sonli qarori mohiyati haqida qisqacha ma’lumot berishdi. Ma’lumot berish davomida elektr energiyasi singari tabiiy hamda suyultirilgan gaz tariflarida kuzatilgan o‘zgarishlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, qaror ijrosi yuzasidan gaz ta’minoti korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan jarayonlar, amaliy ishlar to‘g‘risida va viloyatda istiqomat qiluvchi 132210 mingdan ortiq tabiiy gaz iste’molchilari uchun yaratilayotgan sharoitlar, “ASKUG” tizimi hamda “billing” gaz dasturi haqida mutaxasisslar tomonidan ma’lumot berib o‘tildi.


Tejamkorlikka rioya qilish bugun har qachongidan ko‘ra muhim va dolzarb vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. Energiya resurslarini tejab ishlatish maqsadida esa ko‘plab qulayliklar, yangi va zamonaviy energiya tejovchi qurilmalar ishlab chiqarilmoqda. Ta’kidlash lozim, tabiiy gazni tejovchi bir qator energotejamkor moslamalar haqida bugun soha vakillari joylarda tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. Gaz yondirgichlar va ikki kontorli isitish qurilmalari, ularning qulayligi, xavfsizligi borasida ma’lumotlar berilmoqda. Matbuot anjumanida shu haqida ham ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan mavzu yuzasidan savollar berildi, fikr va mulohazalar bildirildi.

N.Musayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Volksvagen — o‘zimizda ishlab chiqariladi

O‘zbekiston bozori — ayni paytda o‘sishda davom etayotgan va...

Xizmat yanada rivojlanmoqda

Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash Departamenti hamda...

Rus tili imtihoni majburiy bo‘ladi

Rossiya Federatsiyasida migrant bolalarining ta’lim muassasalariga qabul qilinishi bo‘yicha...

Suvdan noqonuniy foydalanishni videoga oling, mukofoti bor

Yurtimizda suvdan foydalanish qoidalarining buzilishi holatlarini foto yoki video...
KunTun
KunTun