120 million so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi

Date:

Ehtiyojlarimizning oxiri ko‘rinmaydi. Zaruratni esa keyingi surib bo‘lmaydi. Har oy mablag‘imizni tejab-tergab sarflab, rejalashtirishga odatlanganmiz. Ba’zida ushbu rejadan ortib, uyimizni ta’mirlashga yoki uy sotib olishga imkon yetavermaydi. Yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosat, qabul qilinayotgan qaror va farmonlar aholi uchun keng imkoniyat va imtiyozlar eshigini ochib berishga xizmat qilayotir.
Endilikda “Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida, o‘z hovlisida uy qurish va ta’mirlashga 120 million so‘mgacha ipoteka krediti ajratilishi ham ana shunday imkoniyatlarning davomi deyish mumkin. Unutmaylikki, kredit faqatgina Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kirgan va turar joyi nochor ahvoldagi oilalarga beriladi. Bunda kreditning 15 foizi va dastlabki besh yilda foiz stavkasining 6 foizgacha bandi byudjetdan qoplanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun