Tadbirkor — elga madadkor

Date:

Yangidan-yangi tadbirkorlik subyektlarining ish boshlashi, ishlab chiqarish, savdo nuqtalari, xizmat ko‘rsatish turlarining faoliyati yo‘lga qo‘yilgani aholiga qulaylik yaratish bilan birga yangi imkoniyatlar, yangi ish o‘rinlari yaratildi degani hamdir.
Yurtimizda tadbirkorlarga katta imkoniyatlar va sharoitlar yaratilib, o‘z navbatida bundan ruhlangan xususiy sektor vakillari o‘zlariga kuch va g‘ayrat-shijoat olib, faoliyatlarini kengaytirishmoqda. Ana shunday tadbirkorlardan biri tomonidan Angor tumanida “Ishonch” savdo markazining yana bir filiali foydalanishga topshirildi.
Binoning ochilish marosimida nuroniylar duoga qo‘l ochib, yurtimizga tinchlik, xalqimiz dasturxoniga to‘kin-sochinlik, fayzu baraka tilashdi. Tuman hokimi Qosim Mardonov boshchiligida sektor rahbarlari ham tadbirda ishtirok etib, tadbirkor faoliyati bilan tanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun