Imkoniyati sinovdan o‘tdi

Date:

Mamlakatimizda fuqarolar tili, millati, irqi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar qonun oldida teng huquq, majburiyat va erkinliklarga ega ekanligi qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan nogiron shaxs jumlasi nogironligi bo‘lgan shaxs jumlasiga o‘zgartirilganligi ham bejiz emas. Bu tashabbusdan ko‘zlangan maqsad, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topshlarida ko‘mak berish, ularga jismonan va aqlan sog‘lom kishilar bilan teng huquqli shaxs ekanligini anglatishdan iborat.
Joriy yilning 16-aprel kuni Termiz shahridagi Matbout uyida viloyatdagi sport maktablarida 7 yoshdan 70 yoshgacha nogironligi bo‘lgan sportchilar zaxirasini yaratish mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etilgan edi. Unda nogironligi bor yoshlarni ham sportga keng jalb qilish, vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, qolaversa, sportda muvaffaqiyatlarga erishishlari maqsad qilingan edi.
Ana shunday orzu-intilishlarni ro‘yobga chiqarish, yoshlarni sportga jalb etish maqsadida Termiz shahrida “Besh tashabbus paralimpiadasi” musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 100 nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan yosh para stol tennisi, para shaxmat va para shashka hamda aravachadan stol tennisi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib, g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdilar.
Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra g‘oliblikni egallagan yoshlar musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, munosib taqdirlandilar.

N.Musayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i yangradi

Bugun Bandixon tumanidagi 45 ta umumta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq”...

Maktab ostonasidagi ilk tuhfa — kitob

Yangi o‘quv yilining ilk kuni Sho‘rchi tumanidagi umumta’lim maktablarida...

Yangi o‘quv yiliga tantanali start berildi

Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan...

Yangi o‘quv yili — ulkan orzular bilan boshlandi

Sho‘rchi tumanida yangi o‘quv yili o‘zgacha ko‘tarinki ruh, ezgu...
KunTun
KunTun