Natsumi Shida: “Boysunlik ayollar mehnatda, sabr-matonatda tengi yo‘q”

Date:

Ayol — u shunday xilqatki, jasorati, matonatiga tan beramiz. Oramizda, biz yashayotgan jamiyatda ham shunday ayollar, qahramonlar borki, ularning hayoti, kechmishi, qiladigan ishlari ham biz uchun ibrat, eng yaxshi namunadir. Boysun tumanidagi Toqchi mahallasida istiqomat qiluvchi Rajaboy To‘xtayeva ham ana shunday ayol. Oddiylikni o‘ziga zeb bilgan ayol imkonsizlikdan-da imkon topgan. Nogiron qo‘llari bilan san’at asarlariga teng mahsulotlarni to‘qiyotgani tahsinga sazovor. Bejizga, hunarmand ayol “Jasorat” medali bilan taqdirlanmagan.
Opa tinib-tinchimaydi, tashabbus ko‘rsatishni yangiliklar qilishni xush ko‘radi. Bu safar ham kelinlari, qiz va nabiralarini yoniga oldida, birgalikda ikki metrlik jamalak to‘qishga kirishdilar. Bu aytishga oson. Ammo, jarayonni kuzatgan bu hazilakam ish emasligiga amin bo‘ladi. U biz duch keladigan nolishdan, jamiyatni qoralashdan, diydiyo qilishdan bo‘shamaydigan ba’zi ayollar uchun eng yaxshi ibrat namunasidir.
Bu ayol 65 yoshni qoralagan boysunlik ayol Rajaboy To‘xtayeva yaponiyalik olima, Kiota universitetining ilmiy-tadqiqot xalq amaliy san’ati yo‘nalishida tahsil olayotgan Natsumi Shidaning e’tiborini tortdi. Ikki yildan buyon yurtimizda ilmiy-tadqiqot olib borayotgani sabab, Boysunga yo‘l olib, hunarmand Rajaboy To‘xtayeva xonadonida bo‘ldi.
— Rostini aytsam, 65 yoshdan oshgan, Rajaboy opani uyiga kelishim men uchun, hayotim uchun yangi burilish bo‘ldi, desam yanglishmayman, — deydi suhbat davomida Natsumi Shida. — Ana sabr toqat, ana hayot uchun kurash! Uyi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari-yu, nabiralariga mehr-muhabbati o‘zgacha bo‘lgan onaxonning nogiron qo‘llari bilan to‘qiyotgan har xildagi to‘qima mahsulotlarini ko‘rib, havasim keldi. Bildimki, boysunlik ayollar mehnatda, sabr-matonatda tengi yo‘q ekan.
Umid qilamizki, xalqimiz amaliy san’atini o‘rganayotgan ushbu olima ayol uchun Rajaboy To‘xtayeva eng yaxshi qahramon bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Navoiy qaytdi

Sahna jang maydoni emaski, unda g‘olib-u mag‘lub bo‘lmagay, haq...

Voha xabarlari

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hududida Alisher Navoiy tavalludining...

Millat  o‘zligi  va  ma’naviy merosi

Milliy liboslar har bir xalqning tarixiy xotirasi, madaniyati va...

YAXSHI SO‘Z MALHAMDIR, YOMONI KULFAT

Alisher Navoiy badiiy ijodning nodir namunalarini yaratib, jahon badiiy...
KunTun
KunTun