«O‘tkan kunlar» arab tilida

Date:

Jahon adabiyotida o‘zbek adabiyotining ham o‘z o‘rni borligini o‘zbek kitobxonlari juda yaxshi biladi. Buni keng ommaga, ya’ni dunyo kitobxonalariga-da ma’lum qilish imkoni tug‘ilganda, ayni imkondan foydalanish lozim. Shu maqsadda o‘zbek adabiyotining nodir asarlari xorijiy tillarga tarjima qilayotganliklari, xorijlik tarjimonlarning e’tiborlari o‘zbek adabiyotiga tushgani fikrimizning isbotidir.
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani arab tiliga tarjima qilingani ayni yo‘ldagi sa’y-harakatlarning davomidir. O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasida “O‘tkan kunlar” romanining arab tilidagi nashri taqdim qilindi va elchixonaning o‘zida buyuk o‘zbek adibi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining ilk arab tilidagi “O‘tkan kunlar: Turkistondagi achchiq sevgi qissasi” deb nomlangan nashrining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Aytish kerakki, ushbu chop etilgan kitob muqovasida Abdulla Qodiriy avlodlari tavsiyasiga ko‘ra, “O‘tkan kunlar” romanining 1925-yildagi ilk nashri suratidan foydalanilgan. Kitob qattiq muqovada va sarg‘ish rangli silliq qog‘ozda. Mintaqadagi eng yirik “Dor ul-Maorif” nashriyotida 1000 nusxada chop etilgan kitobni Misrdagi barcha yirik kutubxonalar va universitetlar, ta’lim va madaniyat muassasalari, davlat idoralari, Qohiradagi diplomatik korpus o‘rtasida tarqatish rejalashtirilgan. Boshqa arab davlatlarida ham mazkur roman tarjimasini qayta chop etish nazarda tutilmoqda.
Asar taniqli tarjimonlar Ayn-Shams va Muhammad al-Jibali tomonidan arab tiliga o‘girilgan. “O‘tkan kunlar” romanining arab tiliga tarjima qilinishi o‘zbek madaniyati, mintaqa tarixi, o‘zbekona odob-axloq kabi fazilatlarni Yaqin Sharq xalqlari orasida keng targ‘ib etishda xizmat qiladi. Tarjimada asarning eski o‘zbek yozuvidagi ilk nusxasidan hamda rus va ingliz tillaridagi tarjimalaridan foydalanilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i yangradi

Bugun Bandixon tumanidagi 45 ta umumta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq”...

Maktab ostonasidagi ilk tuhfa — kitob

Yangi o‘quv yilining ilk kuni Sho‘rchi tumanidagi umumta’lim maktablarida...

Yangi o‘quv yiliga tantanali start berildi

Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan...

Yangi o‘quv yili — ulkan orzular bilan boshlandi

Sho‘rchi tumanida yangi o‘quv yili o‘zgacha ko‘tarinki ruh, ezgu...
KunTun
KunTun