Har qarichning qadriga yetib…

Date:

Bugun bir qarich yeri bordan boy odamning o‘zi yo‘q. Tuproqning har zarrasi oldinga teng deganlaridek, yeridan unumli foydalanayotganlarning-da topgani zar bo‘layotganini ko‘rib, kuzatib turibmiz. Sho‘rchi tumanidagi “Guliston” mahallasida issiqxona tashkil qilib, yaxshigina hosil olayotgan, qolaversa ro‘zg‘ori uchun daromad topayotgan mehnatkash insonlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Muyassar Shaymardonova ham qayinonasi bilan birga tomorqadagi bodring ko‘chatlarini parvarish qilmoqda. Yiliga uch-to‘rt bor hosil olib, kam bo‘lishmayapti.
Malika Ergasheva ham Muyassar opadan sira qolishmaydi. U kishi ham turmush o‘rtog‘i bilan maslahatlashib, tomorqasining 3 sotixida issiqxona tashkil etib, pomidor ko‘chatlarini mehr bilan parvarish qilmoqda. Baravj o‘sayotgan pomidorning hosili esa g‘ij-g‘ij.
“Guliston” mahallasidagi qaysi xonadonga bosh suqmang ana shunday mehnatkash insonlarni ish ustida uchratasiz. Ular bu bilan dasturxonini meva-sabzavot bilan to‘ldirib, ortganidan daromad ham ko‘rishayotgani ko‘rgan-u eshitganga eng yaxshi namuna va ibrat bo‘lishmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 Yondashuv imkoniyatlarga mos

Termiz shahar hokimlogida Jarqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlari rivojlanish dasturlarini...

“Jurnalist qonunchilikka rioya etishi shart”

Termiz shahrida “Ommaviy axborot vositalarida sud organlari faoliyati va...

Oʻzbek tili — milliy oʻzlik va maʼnaviyat timsoli

Har bir xalqning milliy oʻzligini, boy tarixi va madaniy...

ONA TILIM — RUHIM, ILDIZIM

Ona tili — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy qiyofasi va...
KunTun
KunTun