Sohaga ajratilgan mablag‘ manzilli sarflangan… mi?

Date:

Surxondaryo viloyatida 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini 2023-yilda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosini muntazam ravishda monitoring qilish va har oy yakunlari bo‘yicha umumlashtirilgan, aniq ko‘rsatkichlar hamda kamchiliklari aks ettirilgan holda xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyalarida yozma hisobotlar tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Shu maqsadda davlat Dasturining 59-maqsad: Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatida aholiga malakali xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, sohaga ajratiladigan mablag‘larni oshirish yo‘nalishining 188-bandida viloyatda 2023-yil davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, kasalliklarni erta aniqlash, kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish oid amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha joriy yilning aprel oyida Angor, Denov tumani va Termiz shahrida samarali jamoatchilik monitoring tadbirlari o‘tkazilgan edi.


“Yuksalish” harakati viloyat hududiy bo‘linmasi tomonidan monitoring natijalariga bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi. Tashkil etilgan jamoatchilik eshittiruvida jamoatchilik guruhi a’zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Eshituv davomida ushbu yo‘nalishda bajarilayotgan ishlar yuzasidan soha rahbari o‘rinbosarining axboroti tinglandi. Xususan, joriy yil davomida 789 054 nafar aholi profilaktik tekshiruvdan o‘tkazildi. Ko‘rik natijasiga ko‘ra, 433 981 nafari 1- guruh, 276 168 nafari 2-guruh, 71 014 nafari 3- guruh va 7891 nafari 4-guruhga mansubligi aniqlandi. Ulardan 2 100 nafari “D” nazoratga olinib, sog‘lomlashtirish rejasi tuzilgan.


Aholi orasida o‘tkazilayotgan yurak qon tomir, qandli diabet va boshqa yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning skrining holati viloyatda 40 yosh va undan yuqori aholi 824 ming 308 nafarni tashkil etadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 22-iyundagi ko‘rsatma xatiga asosan 2632-sonli yuk xati bilan 63 630 qadoq mikronutrient kukunlari bilan 6-23 oylik bolalar to‘liq ta’minlangan. 2023-yilda 918ming 40 dona (18368 qadoq) Albendazol preparatlari taqsimot asosida tarqatilishi reja qilib olindi hamda 2-10 yoshdagi bolalar Albendazol 400 mg dori vositasini tarqatish orqali ommaviy degelmintizayiyaning 1-turi o‘tkazilib, jami 91 ming 840 nafar bolalar qamrab olindi.


Shuningdek, Surxondaryo viloyatida 2023-yil davomida 202 ming 300 nafar homilador va emizuvchi ayollarga 2 million 266 ming 997 dona hamda 230 ming 292 nafar 3-6 yoshdagi bolalarga 1 million 159 ming 332 dona va 242 ming 675 nafar 7-15 yoshdagi bolalarga 2 million 242 ming 257 dona kaliy yod preparati tarqatilgan.
Amalga oshiriligan ishlar sarhisobidan so‘ng, jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha aniqlangan muammolar yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar berildi.

Tohir Aliqulov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryoda Arundo parvarishlanadi

Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi uchun qulay hudud, havosi, tuproq...

Yadro uloqtirishda birinchi

Bugungi kunda para sport turlariga hm katta e’tibor qaratilmoqdaki,...

Mehnati ibrat bo‘lmoqda

Yurtimiz bo‘ylab, Sayxunobod tajribasi asosida keng qamrovli ishlar amalga...

G‘oliblik uchun bellashishdi

Tosh ko‘tarish ham mahorat. Shunchaki ma’lum og‘irlikdagi toshlarni ko‘tarib,...
KunTun
KunTun