Sevimli shoir dastxat ulashdi

Date:

Usmon Azim bilan bo‘ladigan davralar qiziydi, she’riyatga keng o‘rin berilib, hassos shoirning ovozi baralla yangraydi. Ana shunday pallada davralarda jonlanish bo‘ladi, g‘aflatdagi ko‘ngillar uyg‘onib ketadi. Ijod ahli uchun esa ajoyib she’riyat bayrami boshlangandek bo‘ladi. Otashqalb shoirning yonishlari, ko‘ngil hasratlari bilan yuzma-yuz bo‘lish baxtini muyassar etadi bu uchrashuvlar.
Termiz davlat universitetida ham Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida ana shunday ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Usmon Azim tugʻilgan yurti Surxondaryo viloyatining qadimiy Boysunida milliy qadriyatlar havosi bilan toblangan emasmi, u nafaqat nazmda, balki nasrda ham qalam tebratganki, kitobxon muxlis Usmon Azim poeziyasini ham, prozasini ham ilk misra, ilk qatordanoq tanib oladi.


Ijodiy uchrashuv davomida Usmon Azim hayot va ijod yoʻli, ustozlar oʻgitlari, shoir yuragining hamisha uygʻoqligi haqida soʻzladi. Shoir sheʼrlaridan namunalar oʻqidi. She’rlarinig yozilish tarixi haqida so‘zlab berdi. Samimiy kechgan suhbatdan barcha katta taassurotlar oldi.
Qolaversa, xalqimiz eʼzozidagi, bugungi adabiyotimizning otaxon ijodkorlaridan boʻlgan shoirni yoshlar oʻzlari uchun qaytadan kashf etgandek bo‘lishdi. Yakunda talabalar sevimli ijodkoridan dastxat olib, shoir bilan suratga tushib, unutilmas onlarni manguga muhrladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun