Milliy o‘yinlar ommalashtiriladi…

Date:

Qadimda ota-bobolarimiz o‘ynagan milliy o‘yinlar milliy qadriyatlarimizning bir ko‘rinishidir. Bu o‘yinlar yoshlarni chiniqtirgan, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bilan birga chaqqonlikka, epchillikka, mard va jasur bo‘lishga undagan. Hozir ham ana shunday milliy o‘yinlarni ommalashtirish maqsadida faqat bayram va saylllarda emas, balki doimiy ravishda varrak uchirib, zavq olish, “oq terakmi, ko‘k terak”, deya raqib jamoaga kim kerakligini so‘roqlab turish kifoya.

Chillak o‘yini esa ayniqsa, qiziqarli, vaqt qanday o‘tganini bildirmaydi. Ko‘zlar boylanganda esa diqqatni jamlab, yashiringanlarni topish qiziqarli jarayonga aylanadi.
Angor tumanidagi 1-14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida esa milliy qadriyatlar va milliy sport turlari haqidagi dastlabki tushunchalarni shakllantirish maqsadida milliy xalq o‘yinlari va milliy sport turlari targ‘ib qilinayotir.

Ming marta eshitgandan bir bora ko‘rgan afzal, aqidasiga amal qilgan tarbiyachi-ustozlar bolajonlar bilan birgalikda “Arqon tortish”, “Chillak”, “To‘p tosh”, “Varrak uchirish”, “O‘rtaga tushar”, “Oq terakmi – ko‘k terak”, “Ko‘z boylagich” kabi o‘yinlarni o‘ynashdi. Mashg‘ulot esa o‘ylangandan ko‘ra yaxshiroq natija berdi. Sababi bolajonlar katta qiziqish ila o‘yinga berildilar va vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar. Ha, bunday natijadan so‘ng tarbiyachi-pedagoglar milliy o‘yinlarni tez-tez o‘ynashga, ommalashtirishga kelishib olishdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Gulchilik sirlari o‘rgatilmoqda

Uzun tumanining "Yangi ro‘zg‘or" mahallasida tashkil etilgan “Gulchilik tomorqa...

Xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Termiz davlat universiteti delegatsiyasi ayni kunlarda Xitoyning Szyansu universitetida...

Jarang sochdi “So‘ngi qo‘ng‘iroq”

Surxondaryo viloyatidagi maktablarda bugun erta tongdanoq o‘zgacha hayajon sezildi....

Samarqandga yo‘l: yangi tarixiy asar

Ispan yozuvchisi va tarixchisi Antonio Torremocha Silvaning “Samarqandga elchilik”...
KunTun
KunTun