Mutolaadan zavqlanib…

Date:

Ona haqida eng yaxshi qo‘shiq ham, tarif-u tashbeh ham, asar ham shubhasizki, bu O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidir. U sizning, mening onam haqida hikoya qilgandek. Asarni o‘qishni boshlashingiz bilan hech bir to‘xtamsiz qo‘shiqday o‘qiysiz, o‘sha voqealarni boshingizdan o‘tkazganday, avvaldan bilgandek o‘qiysiz, o‘qiyverasiz. Voqealar rivojiga sho‘ng‘ib, ona haqidagi ajib qo‘shiqqa hamohang tebrangandek bo‘lasiz. Bu asarni har bir kitobxon bola yoshligidanoq, o‘quvchilik davridanoq o‘qishi kerak. Onalarni qadrlash, e’zozlash uchun ham bu asar zarurat. Shuning uchun ham “Bir haftada bir asar” loyihasi doirasida O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi o‘qish uchun tavsiya etildi. O‘qimaganlardan o‘qiganlar ko‘p. Sababi Termiz shahridagi 16-sonli IDUMda asar taqdimotiga bag‘ishlangan kechada o‘quvchilarning faolligi, asar taassurotlarini yashira olmay hayajon ila so‘zlashlari fikrlarimizni isbotlab turgandek.

Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona siymosida chiqib, asardan parcha sifatida jonlantirgan sahna ko‘rinishi o‘quvchi-yoshlarda katta taassurotlar qoldirdi. Bu chiqish orqali onalarning go‘zal, sodda va samimiy qalbi bor ekanini ko‘rsatib bergan ustozlarning chiqishlariga tasanno o‘qiysiz. Ular o‘zbekona urf-odatlar, ayollarning, qo‘ni-qo‘shnilarning nechog‘lik ahilligini, oqibatliligini, milliy urf-odatlarimizni ko‘rsatib berdilar.
Asar haqidagi qimmatli ma’lumotlar, ma’naviy xordiq ulashuvchi kuy-qo‘shiqlar barchada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Bir asarning mutolaasi, taassurotlari yoshlarga shunchalik motivatsiya berarkan, bu zanjirni davom ettirish, ma’naviyat va ma’rifat ulashishda davom etish lozim.

Z.Soipova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shved instituti bilan yangi loyihalar amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Shvetsiyaning...

“Ezgulik — yurakdan yurakka”

Jamiyatda mehr-oqibat, insonparvarlik va o‘zaro ko‘mak muhitini mustahkamlash maqsadida...

“Kitob karvoni” yo‘lga chiqdi

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan kitobxonlar uchun yana...

Surxondaryoliklar mukofotlandi

Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi...
KunTun
KunTun