1000 dan ortiq ko‘chatlar ekildi

Date:

Termiz shahrining qoq yuragida joylashgan San’at saroyi xiyoboniga yo‘lingiz tutashsa, ajib manzara, go‘zal tabiat qo‘ynida bir dam tin olasiz. O‘rindiqda o‘tirasizda tomoshaga tutinasiz. Jonli peyzajdan bahra olib, estetik ruh, kayfiyat uyg‘onishi shubhasiz. Buning barchasiga osmonlarga tutashib ketgan daraxtlarning soyasi, hiyobonni qoplab olgan yashil maysalar sabab.

Qaniydi, ona sayyoramizning har bir qarich yer maydoni ana shunday yashillikka burkansa… umid qilamizki, xuddi shunday bo‘ladi. Sababi ommaviy ko‘chat ekish tadbirlari bu orzu va istaklarni qisqa muddatlarda amalga oshishiga xizmat qiladi.
Ayni “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi doirasida San’at saroyi xiyobonida ham erta tongdan ishlar qizg‘in tus oldi. Tadbir davomida 1000 dan ortiq ko‘chatlar ekildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun