İstanbul escort bayan sivas escort samsun escort bayan sakarya escort Muğla escort Mersin escort Escort malatya Escort konya Kocaeli Escort Kayseri Escort izmir escort bayan hatay bayan escort antep Escort bayan eskişehir escort bayan erzurum escort bayan elazığ escort diyarbakır escort escort bayan Çanakkale Bursa Escort bayan Balıkesir escort aydın Escort Antalya Escort ankara bayan escort Adana Escort bayan

   “Baxshi ijrosini tinglab, uni yaratgan xalqimizning saviyasi, tafakkuriga tahsinlar o‘qiysiz…”

Date:

Tarixi ming yilliklarga borib taqaluvchi yurtda yashayotganimiz faxrimiz, omadimiz. Ma’naviy-madaniy boyliklar, qadriyatlar, urf-odatlar bu yerda har nedan ortiq hurmat-u e’zoz topgan. An’analar asrdan-arsga, avloddan-avlodga o‘tib, yanada  sayqallanib, boyib boraveradi, inson ma’naviy kamolotini yuksaklikka ko‘taradi. Ayniqsa, bunda xalq og‘zaki ijodi namunalari alohida o‘rin egallaydi. Negaki, o‘zbek folklori namunalarida xalqimiz ijodiy, badiiy tafakkurining nozik qirralari, qadimiy an’analari mujassam.      

    Folklorning eng dastlabki, shu bilan bir qatorda yirik qismi, shubhasizki — dostonchilik. Dostonchilik xalq baxshilarining takrorlanmas, ko‘zga ko‘rinarli faoliyati, amaliyoti, yangilik qidirish yo‘lidagi tinimsiz harakati natijasi o‘laroq bugun san’atning alohida eslanadigan qismiga aylandi. Baxshi, jirov, oqinlar repertuarida bir-biridan go‘zal, bir-biridan sara terma, doston, laparlar hali-hanuz tinglovchilarning butun diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda. Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida baxshichilik yo‘nalishida baxshi, oqin va jirov ijrochilarining Respublika festivali doirasida bu holatni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz, aslida ijod qanday bo‘lishi kerakligiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov qadriyatlarimiz posponlari, betakror, so‘nmas dostonlar kuychilari bilan uchrashib, dildan suhbat qurdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan baxshichilik san’atini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tiborni ta’kidlab, ko‘rik-tanlov qatnashchilariga omad tiladi. Termiz shahridagi Respublika “Baxshilar maktabi” o‘quvchisi Odiljon Tursunovning do‘mbira jo‘rligidagi termasini bir necha daqiqa tinglab, kelajagi porloq baxshining kelgusi yillardagi ijodiga rivoj tiladi.

 Uch kun davom etgan festivalda yurtimizning turli hududlaridan kelgan 80 ga yaqin baxshi, oqin va jirov ijrochilari o‘z san’atini namoyish etib, xalqimiz aql-u zakovati bilan yaratilgan doston va termalarni jo‘shib kuyladi. Buyuk ajdodlarning ko‘p asrlik hayot tajribalari, ezgu orzu-intilish va yuksak fazilatlarini o‘zida mujassam etgan boqiy merosimiz keng targ‘ib qilindi. Festival bahona respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan baxshilar o‘zaro fikr-tajriba almashishdi. Ayniqsa, usta ijrochilar tomonidan Termiz shahridagi “Baxshilar maktabi”da tashkillashtirilgan mahorat darslari dostonlar, ular ijrosidagi nozik sir-u sinoatlar, yangiliklarning kashf etilishida bir darcha vazifasini o‘tadi. Yosh tolibi ilmlarning laparlari, aytishuvlari hamohangligidagi ijro sho‘x-shodon raqslarga ulanib ketib, davradagilarga kayfiyat ulashdi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki,  bu yerda, ya’ni “Baxshilar maktabi”da ta’lim olish istagida bo‘lganlarga kun-u tun ilm yo‘lida bo‘lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Umumta’lim fanlari bilan bir qatorda maxsus ijro fanlaridan ham ta’lim berilib, bolaning qiziqishiga qarab san’atga yo‘naltiriladi. Yotoqxonalarning tashkil etilishi esa uzoq-u yaqindan kelguvchilarga ayni muddao bo‘ldi. Shoberdi Boboyev, Abdinazor Poyonov kabi ustoz baxshilardan ta’lim ko‘rgan shogirdlarning ustoz an’anasini davom ettirishlariga shubha qilmasa ham bo‘ladi.

—Bizning do‘mbiralarda nota bo‘lmaydi, — deydi “Baxshichilik maktabi” o‘qituvchisi Egamberdiyev Sherali. — Bizning kuylarimiz yurakdan yurakka o‘tadi, qalb orqali his qilinadi. Bor qiyinchilik ham shunda. Shogirdlarga ta’lim berishda ham har bir kuyni yurakdan his qilib, mehnatni, aql-u zakovatni ishga solgan holda kuylash kerakligini takror va takror ta’kidlaymiz. Har baxshining o‘z yo‘li, uslubi borligini o‘rgatamiz.

   Aynan baxshilarning o‘ziga xos uslubi dostonlarga yangi hayot bag‘ishlaydi, yangidan jonlantiradi. San’at saroyi qoshidan o‘tib ketar ekansiz, bir soniya bo‘lsa-da, diqqatingiz bo‘linadi. Chordona qurib o‘tirgan baxshi ijrosini tinglab, uni yaratgan xalqimizning saviyasi, tafakkuriga tahsinlar o‘qiysiz.

—Tug‘ilganimdan beri baxshichilik bilan shug‘ullanaman, desam ham bo‘ladi, — deydi festival ishtirokchisi, hozirda 76 yoshli qarshilagan Mazokir Yo‘ldoshev. — Toshkentning Ohangaron tumanidan kelganman. Ota-bobolarim ham baxshi bo‘lishgan. Yoshlikdan “chertel” ovozini eshitib katta bo‘lganman. Ha darvoqe, bizning shevamizda do‘mbirani chertel deyishadi. Festival davomida “Ravshanbek” dostonidan bir parcha hamda o‘zimning “Bola erkalash” termamni ijro etib berdim. Ota-bobolarimizning aytib bergan dostonlarida ba’zi yalang‘och, qo‘pol qismlari bo‘lardi. O‘shani “ramka”ga solib, xotiralarim asosida yozib, qayta kitob holiga keltirdim. “Hayot uchqunlari” va “O‘lanaycha” kitoblarim termalar va dostonlarning yangi versiyasi asosida tuzib chiqilgan. Bizga baxshichilik avloddan avlodga o‘tib kelgan. Men hozirda yettinchi avlodman. Nevaralarimning orasida ham baxshi, jirov bo‘laman deganlari yo‘q emas.

Baxshi boboning so‘zlaridan, “bu biz uchun o‘zgacha bir an’ana”, deyishidan baxshichilik san’atining boshqa namunalariga nisbatan uzoqroq umr kechirishiga yana bir karra amin bo‘lasiz. Ko‘zlaringizni yumgan holda ijroni tinglar ekansiz, xuddi doston ichra sayr-u sayohat qilgandek bo‘lasiz. Voqealar ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi. San’atning ulug‘vorligi ham aynan shunda bilinar ehtimol.

Baxshilik san’ati festivalining o‘tkazilishi xalqimizning qadimiy san’atini asrab-avaylash, uni kelajak avlodga yetkazishdagi bir sa’y-harakat bo‘lsa, dostonlarni o‘rganish, targ‘ib qilish, yoshlarning milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda faoliyat olib borayotgan baxshi, oqin, jirov ijrochilari ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishish, ularga amaliy yordam berish, rag‘batlantirish, nomlari hali ko‘pchillikka tanish bo‘lmagan iste’dodlarni aniqlash hamda ular ijodini keng targ‘ib qilish maqsadga aylandi.

Festival doirasida tashkil etilgan baxshi, oqin va jirovlarning respublika ko‘rik-tanlovida umumjamoa hisobida oliy o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasiga nasib etdi. Birinchi o‘rinni Surxon vohasidan chiqqan baxshilar qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga mos ravishda Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari jamoasi munosib deb topildi. Yakkaxon yo‘nalishlarda esa 1-o‘rinni Qoraqalpog‘iston vakili Azamat Elmuratov, Qashqadaryo vakili Ziyodullo Ahmedov va Surxondaryo vakili Ravshan Mamatmurodov egalladi. G‘oliblar diplom, festivalstatuetka(haykalcha)si va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, “Eng yaxshi doston ijrochisi”, “Eng yaxshi terma ijrochisi”, “Yosh doston ijrochisi”, “Eng yaxshi jirov ijrochi” kabi yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, munosib rag‘batlantirildi. Ko‘rik-tanlovning tantanali taqdirlash marosimi san’at ustalari, baxshi, oqin va jirovlarning qiziqarli konsert dasturi, kuy-qo‘shiqlar jo‘rligidagi raqslar bilan davom etdi.

Dildora OTAQULOVA,

Naimullo MUHIBULLOYEV

(SURAT)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Iqtidorlar aniqlandi

Termiz shahridagi Yoshlar markazida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi "Yoshlar...

O‘ZBOSHIMCHALIK — KELTIRAR TASHVISH

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan kadastr sohasiga oid...

Noyob hayvonlarning elektron pasporti tashkil qilinmoqda

Davlatimiz rahbarining o‘tgan 2023-yil 31-may sanasida imzolagan “Ekologiya, atrof-muhitni...

“Boysun bahori”: ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi

Har ikki yilda bir marta tashkil etish an’anaga aylanib...
KunTun
KunTun