“Jasorat” darsida…

Date:

Termiz shahridagi Prezident maktabida 11-sinf o‘quvchilari uchun “Jasorat” darsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu darsda Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i polkovnik Po‘latjon Sativaldiyev, Surxondaryo viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, faxriylar kengashi a’zolari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Alisher Shirinov o‘quvchilarga buyuk ajdodlarimiz va sarkardalarimiz haqida hikoya qilib berib, ularning qalbiga ona Vatanga, ajdodlarimizga nisbatan faxr-iftixor va muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otdi. Samimiy suhbat tarzida kechgan dars jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

– Prezident maktabiga kirib, orzularim yuksaldi. Ilgari maktabda o‘qigan paytimda viloyatimizdagi universitetlardan biriga o‘qishga kirsam derdim. Hozir esa maqsadim chet elning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan birida o‘qib, yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shish. Chunki bunga bilimim yetishiga ishonaman. Chet tilini puxta egallaganman. Buning uchun Prezidentimizdan minnatdorman, – deydi 11-sinf o‘quvchisi Firdavs Shodiyev.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan polkovnik Po‘latjon Sativaldiyev o‘z hayoti va bugungi kungacha erishgan yutuqlari to‘g‘risida so‘zlab berdi. Polkovnik yigit-qizlarni o‘qib-o‘rganishga, bilim olishdan to‘xtamaslikka chorladi va matematika, fizika, chet tili hamda tarix fanlari bo‘yicha o‘quvchilarni savollarga tutib, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Aytish kerakki, bilim, faollik hech qachon e’tibor va e’tirofsiz, rag‘batsiz qolmaydi. Shu an’anaga sodiq qolgan mehmonlar darsda faol ishtirok etgan o‘quvchi-yoshlarni taqdirladi hamda maktab kutubxonasiga kitoblar jamlanmasini tuhfa etishdi.

Tadbir so‘nggida esa Prezident maktabi o‘quvchi-yoshlariga Termiz garnizoni harbiy orkestri Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari hamda Xayraobod garnizoni faxriy qorovul shaxsiy tarkibining sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Akbar AHMEDOV,
III darajali serjant
Termiz garnizoni

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun