Murosasiz jangda…

Date:

Har bir sport turining o‘z qoidalari, talablari bo‘ladi. Uni yaxshi o‘zlashtirgan, hayotining chin mezoniga aylantirgan sportchigina muvaffaqiyatga erisha oladi. Kikboksingda ham shunday. Hatto sportda berilgan erkinlikdan ham mohirona foydalanish mumkinligini ko‘rsatuvchi ushbu sport turi sportchini nafaqat jismonan, balki ruhan ham tayyorlaydi.
Buni esa kurashlarda, sport musobaqalarida raqiblarning olishuvida ko‘rish, kuzatish mumkin. Kikboksing bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida ham bunga amin bo‘lish mumkin bo‘ldi. Kikbokschilar gilamga tushib, raqiblarini jangga chorladilar. Jang murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Albatta, musobaqada Angor tumani Sport maktab sportchilari ham surxon yigitlari qanday bo‘lishi ko‘rsatib qo‘ydilar. Javohir Karimov va Abdug‘ani Ahmedovlar 3-, Asadbek Qurbonov 2-, Javohirbek Erkinov esa 1-o‘rin bilan Surxondaryoga qaytdilar.

Shahin Lodonov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun