O‘zbek multfilmi 1-o‘rinda

Date:

Multfilm bola vaqtini mzmunli o‘tkazishi bilan birga yaxshilikka, ezgulikka chorlashi bilan ahamiyatli. Afsuski, bugun barcha multfilmlarda bunday jihatlar mavjud emas. Shunchaki, yengil-yelpi mavzulardagi, ur-sur, baqir-chaqirlarni o‘z ichiga olib, kompyuter grafikasi asosida yaratilgan multfilmlar bolalarimizga hech narsa bermaydi. Shunday ekan, farzandlarimiz qanday multfilm ko‘rayotganini nazorat qilib, eng yaxshilarini ravo ko‘rishimiz kerak.
Ayni maqsadda turli tanlovlar, festivallar tashkil etilmoqdaki, ko‘rishli va mazmunli ssenariylar, eng yaxshi animatsion mahsulotlar tanlab, saralab olinishi maqsad qilingan. Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan birinchi xalqaro festivalda ham ana shunday mahsulotlar keng jamoatchilik hukmiga havola etildi.
Unda o‘zbek multiplikatori Jamshid Atambayev ham ishtirok etib, uning multfilmi “Eng yaxshi animatsion film” yo‘nalishida birinchi bo‘ldi. Ayni paytda institute talabasi bo‘lgan Jamshid hozirda o‘qib o‘rganishda, izlanishda. Kinooperatorlik va rejissorlik sirlarini ham egallashga intilayotir. Shu sababdan ham mavzu tanlashda talabchan. Jiddiy, kishini o‘ylantiradigan, mushohadaga chorlaydigan, ma’naviy ozuqa beradigan jihatlarni olib chiqishga harakat qiladi.
Animatsion filmida ham farzand va ota-ona munosabatlari, ularning orzu-maqsadlarining mushtarakligi haqida so‘z boradi. Onalar qadrlanadi, oila muqaddasligi uqtirilib, mehr-oqibat, insoniylik tuyg‘ulari birinchi o‘ringa ko‘tarilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun