Mezbon jamoa g‘olib

Date:

Ko‘plab tanlov, olimpiada va sport musobaqalarining respublika bosqichiga Surxondaryo viloyati mezbonlik qilayotir. Albatta, munosib tayyorgarlik ko‘rilgan manzillarda tanlov-u musobaqalar risoladagidek, haqqoniy va shaffof tarzda o‘tkazilmoqdaki, mehmonlarning ham tashrifdan, erishilgan natijalaridan boshi osmonda.
«Barkamol avlod» sport o‘yinlarining respublika bosqichi ham Surxondaryoda bo‘lib o‘tdi. Termiz davlat universiteti sport majmuasida boshlangan musobaqada akademik litsey va professional o‘quv muassasalari o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdi.
Musobaqalarda respublikadan tashrif buyurgan 13 ta jamoa ishtirok etdi va qizg‘in bellashuvlarga start berildi. Ular orasida mezbon yoshlarlarning qo‘li baland kelib, faxrli 1-o‘rinni egallashdi. Xususan, Muzrabot, Qiziriq va Bandixon tumanlaridagi professional ta’lim muassasalari jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining birinchi darajali diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun