“Jinoyat ishlari o’tgan yilgiga nisbatan 542 ta yoki 25,7 foizga ko’payganini alohida ta’kidlab o’tishdi…”

Date:

Qonun ustuvorligi ta’minlanishi, fuqarolarning tinch-totuv hayot kechirishi, adolat mezonlarining qaror topishi sud tizimi zimmasidagi mas’uliyat. Bu ma’noda ular faoliyati ham tinchlik uchun xizmat qilmoqda, deb erkin ayta olamiz. Osuda tunimiz, charog’on turmushimizning sababchilaridan biri ham aynan sohada faoliyat yuratayotganlarning shaffofligi, ochiqligi sharofatidandir.

Surxondaryo viloyat sudlari va viloyat ma’muriy sudining 2022-yilning 9 oyi davomida odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida matbuot anjumani o’tkazildi. Matbuot anjumani doirasida so’z olganlar joriy yilning 9 oyi davomida 2864 shaxsga nisbatan 2093 ta jinoyat ishi ko’rib tamomlanganligi, jinoyat ishlari o’tgan yilgiga nisbatan 542 ta yoki 25,7 foizga ko’payganini alohida ta’kidlab o’tishdi. Raqam, foizlarning oshgani jinoyatchilikka nisbatan jiddiy e’tibor qaratib, uning oldini olishda yanada faolroq bo’lishni talab etadi, albatta. Jinoyatlarning oldini olish maqsadida esa jinoyat sodir etilishiga yo’l qo’ygan va shart-sharoit yaratgan shaxslarga nisbatan 1544 ta yoki 75,39 foiz jinoyat ishlari bo’yicha xususiy ajrimlar chiqarilgan.

Murojaat — fuqarolarni nima muammo qiynayotganidan yaqindan xabardor bo’lish imkonini beruvchi vosita. Vaziyat haqiqiy muammoga aylangandagina shaxs tegishli joylarga murojaat qilishga majbur bo’ladi. O’tgan davr mobaynida jami 1667 ta murojaaat o’rganilgan bo’lib, shundan 399 ta yozma, 1268 tasi og’zaki shakldadir. Barcha sudlar tomonidan sayyor qabullar o’tkazilib, 620 nafar fuqaroning muammolari o’rganildi. Ushbu murojaatlarning 386 tasi qanoatlantirilib, qolganlari yuzasidan tegishli huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilgan.

Surxondaryo viloyat ma’muriy sudlari tomonidan odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya etilishi borasida ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizolar bilan bog’liq bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ma’muriy sudlar tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizolar bilan bog’liq jami 594 ta ariza va shikoyat kelib tushgan bo’lib, shundan 434 ta ma’muriy ishlar ko’rib chiqilgan, 84 tasi sudga taalluqli bo’lmaganligi sababli qabul qilish rad etilgan va 76 tasi kamchiliklar bo’lgani sababli rad etilgan.
Matbuot anjumani davomida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha ma’lumotga ega bo’lishdi.

D.Otaqulova,
N.Muhibulloyev
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Halollik standarti joriy etiladimi?

Korrupsiya har doim to‘xtaladigan va sarlavhasini ko‘rgandayoq ensa qotadigan...

Imkoniyati sinovdan o‘tdi

Mamlakatimizda fuqarolar tili, millati, irqi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i...

Tezkor choralar ko‘rish uchun…

Tabiiy ofatlar so‘rab kelmaydi. Shunday ekan, har birimiz ogoh...

Iqtidorlar kashf etildi

"Turon" maktab teatri respublika tanloviga start berilgani maktabdagi iqtidorli,...
KunTun
KunTun