G‘aznaviylar davri tangalari topildi

Date:

Ekin-tikin bilan yerlarga ishlov bersangiz-da, belkuragingiz, nimagadir urilsa, miyangizga birinchi kelgan xayol “tillasi to‘la xum topgan bo‘lsam-a” bo‘lishi aniq. Shunda yerni qazishga tushib, xazina egasi bo‘lishga qiziqishingiz oshib ketadi.
Sizni bilmadigu, ammo Denov tumani, “Alisher Navoiy” mahallasida yashovchi fuqaro Davron Amirov ana shunday holatga tez-tez uchrab turadi. Avval ham turli sopol parchalari va boshqa buyumlar qoldiqlarini topgan bo‘lsa, bus afar ham tomorqasi atrofidan devor qurish jarayonida bir nechta qoramtir rangdagi va ikki dona sariq rangli tangalarni topib olgan edi. Albatta, bu haqda viloyat madaniy meros boshqarmasiga murojaat qilishni-da unutmagan.
Ayni murojaatga asosan Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi va Termiz arxeologiya muzeyi mutaxassislaridan iborat guruh fuqaroning yashash hovlisida o‘rganish ishlarini o‘tkazishdi. Qazishma ishlari jarayonida X-XVI asrlarga oid bo‘lgan ko‘plab bo‘yalgan idishlar va shisha bo‘laklari topildi.
Shuningdek, topib olingan qoramtir va sariq tangalarni olimlar maxsus tozalash va o‘rganishlardan so‘ng, X-XI asrlarga oid ekanligini, jumladan, tangalardan biri G‘aznaviylar davlati hukmdori Ma’sud G‘aznaviy tomonidan G‘azna shahrida hijriy 429-yilda zarb etilganini aniqlashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun