“Boysun bahori”: ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi

Date:

Har ikki yilda bir marta tashkil etish an’anaga aylanib borayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining nufuzi oshib, nafaqat respublikamiz, dunyo ahlining qiziqishini oshirib, Boysunga — festivalga chorlayotgani haqiqat. Bu yil yettinchi bor o‘tkazilayotgan festivalga tamoman o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rildi.

Yangicha shukuh, o‘zgacha uslubda, yuqori badiiy saviyada boshlangan festival yetti kun mobaynida ana shu ruhiyatni saqlab qolishi maqsad qilingan. Ayniqsa, bu galgi “Boysun bahori” xalqaro festivalining ahamiyatini oshirishga xizmat qilishni ko‘zlovchi konferensiyaning o‘tkazilishi, san’at ahlini, balki dunyo olimlarini ham bir nuqtada jamladi.


“Boysun bahori” xalqaro festivalining birinchi kunida mehmonlar munosib kutib olingach, festival doirasida Termiz davlat universitetida “Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi oʻrni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini boshladi.


Konferensiyada Termiz davlat universiteti rektori, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor A.Toshqulov, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor G.Rixsiyeva hamda Fransiya, Chexiya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Tojikiston, Ozarbayjon kabi davlatlardan olimlar va respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan ilm-fan vakillari ishtirok etishmoqda.


Haqiqatan, O‘zbekiston, xususan, Surxondaryo vohasining insoniyat svilizatsiyasida munosib o‘rni bor. Buni moddiy va nomoddiy manbalarimiz isbotlab turadi. So‘zga chiqqanlar yozuvning shakllanishidan tortib, insoniyat evolyutsiyasining turli davrlari, ibtidoiy, o‘rta davrlardagi hayot, xullas buyuk tariximizdagi bitiklar haqida to‘xtalishdi. Izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar, o‘rganishlari natijasi bo‘lgan ma’ruzalar, manbalar, faktlar ilm ahlini bee’tibor qoldirmadi. Har bir ma’ruza katta qiziqish va e’tiborni jalb eta oldi.

Mavzularga oid savollar, ularning javoblari atrofida bo‘lgan qizg‘in muhokamalarga ulandi.
Konferensiya sho‘balarga bo‘lingan holda davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun