Noyob hayvonlarning elektron pasporti tashkil qilinmoqda

Date:

Davlatimiz rahbarining o‘tgan 2023-yil 31-may sanasida imzolagan “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 171-sonli qarori bilan Ekologiya vazirligi tasarrufiga Toshkent, Farg‘ona hamda Termiz hayvonot bog‘lari o‘tkazilgan edi. Hayvonot bog‘larining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, saqlanayotgan hayvonlarni asrab-avaylash, ularning sonini ko‘paytirish maqsadida Ekologiya vazirligi tomonidan ko‘plab chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Hayvonot bog‘larida saqlanayotgan hayvonlarni chiplashtirish, elektron pasportini tashkil etish ana shunday xayrli tashabbuslardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining tegishli buyrug‘gai asosan Termiz Hayvonot bog‘idagi noyob hayvonlarga chip qo‘yish ishlari amalga oshirildi. Hayvonot bog‘ida saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga hamda yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar va o‘simliklar turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiya (CITES) ilovalariga kiritilgan hayvonlar chiplanib, ular haqidagi barcha ma’lumotlar yagona elektron bazaga kiritiladi.
— Bugun jami 4 bosh yovvoyi hayvonga chip o‘rnatildi. Qushlar bo‘limidan 2 bosh O‘zbekiston respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Oq boshli qumoy, cho‘l burguti hamda tuyoqlilar bo‘limidan 2 bosh hayvonga — morxo‘r, buxoro tog‘ qo‘yiga chip qo‘yildi. Ushbu amaliy harakatlar bilan biz hayvonlarni identifikatsiya qilib, ular haqidagi jamlangan barcha ma’lumotlar elektron bazaga kiritilib saqlanishiga hamda hayvonlarni nazorat qilishga erishamiz – deydi Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Bioxilma-xillik siyosatini yuritish boshqarmasi boshlig‘i Abdurashid Sodiqov.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun