Nogironligi bo‘lgan shaxslarga sharoit yaratmagan mehmonxonalar javobgarlikka tortiladi

Date:

Barchaning ham to‘rt muchasi sog‘ emas. Kimningdir kemtigi, nuqsoni borligi uni jamiyatdan uzib qo‘yishga sabab bo‘la olmaydi. Imkoniyati cheklanganlar ham ishlashi, mehnat qilishi, o‘z navbatida dam olib, sayr-u sayohatni ko‘ngliga tugishi mumkin. Ana shunday niyat bilan mehmonxonada xona buyurtma qilsa-yu, u uchun yetarli shart-sharoit bo‘lmasa, imkoniyati cheklangan kimsa o‘zini qanday his etarkin? Aslida bu mehmonxonada yetarli sharoit yo‘qligidan dalolat emasmi?
Haqiqatdan ham daromad topaman deya, mehmonxona biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lib, yaxshigina harajat qilib, mehmonxona quramiz, jihozlaymiz. Ammo, nogironli bo‘lgan shaxslar uchun qulaylik yaratish xayolimizga ham kelmaydi. Bu borada ham o‘ylab ko‘rish foydadan holi bo‘lmasdi. Aks holda bu talabni bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortilish hech gap emas. Bu haqida Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida ma’qullangan “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi. Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish talablarini bajarmaganligi uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Bu bilan mehmonxona egasi faqatgina pandus yo‘laklari qursam kifoya desa adashadi. Balki xonalarda talab etiladigan sharoit va qulaylik yaratish ham talab etiladi. Bu esa o‘z navbatida tadbirkordan zamon andozalariga mos binoni loyihalashtirish, bino infratuzilmasiga yanada e’tibor va mas’uliyat bilan yondoshishni talab etadi. Natijada xizmat ko‘rsatish sifati va ahamiyatliligi oshirishga olib keladi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun